www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Abu Xolid roziyallohu anhu Sa’d roziyallohu anhuga: «Ey Abu Molik! Hadis matnidagi
«Ma asvadu murboddan» jumlasi nima?» deganlarida, u zot: «Qora ichidagi qattiq
oqlik», dedilar. «Va «Al-Kavzu muhajjiyan» nima?» desalar, u zot: «Ag‘darilgan ko‘za»,
dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan.
65-bob Albatta Islom g‘arib holda boshlandi va tez kunlarda g‘arib holatiga
kaytadi. Albatta u ikki (Makka ila Madinadagi) masjidga qaytishi haqida
292/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib
boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. (Ushandagi) g‘ariblarga muncha ham
yaxshi», dedilar.
293/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib
boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. Albatta u ikki (Makka va Madinadagi)
masjidga qaytadi, xuddi ilon o‘z iniga qaytganidek», dedilar.
294/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta iymon xuddi ilon iniga qaytgani kabi Madinaga qaytadi», dedilar.
66-bob Zamon oxirlaganda iymonning ketishi haqida
295/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Yer yuzida Alloh, Alloh, deb aytuvchilar qolmagunicha qiyomat qoim bo‘lmaydi»,
dedilar.
296/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror kishi Alloh, Alloh, deb aytsa, qiyomat qoim bo‘lmaydi», dedilar. Ya’ni, odamlar
yomon bo‘lib Allohni unutishganida, barcha Allohni eslamay qo‘yganida qiyomat qoim
bo‘ladi», dedilar.
67-bob Xavfga tushganda iymonni sir tutish joizligi haqida
297/1. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bilan birga edik. U zot: «Islom (kalimasini) talaffuz qilganlarning qancha
ekanini menga sanab beringlar», deganlarida, biz: «Ey Allohning rasuli! Bizdan
qo‘rqyapsizmi? Biz olti yuz bilan yetti yuz oralig‘idamiz», dedik. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Sizlar balolanishingizni bilmaysizlar-da», dedilar. (Haqiqatda) biz
balolandik, hattoki odamlarimiz faqat yashirib namoz o‘qishar edi».
(Izoh: Imom Buxoriy «Siyar» kitobining oxirida «bir ming besh yuzta», deb rivoyat
qilganlar. Bu kitobda esa «olti yuz bilan yetti yuz oralig‘ida», deb yozilgan. Inshaalloh,
to‘g‘ri javob shuki, olti yuz bilan yetti yuz oralig‘ida, deb faqat Madinadagi kishilarga
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
xoslab aytilgan. Bir ming besh yuz, deyish bilan atroflardagi musulmonlar ham nazarda
tutilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |