Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
qilishda) kuchli bir suyanchiqqa tayandilar. Agar men qamoqda
Yusuf alayhissalom kabi
uzoq turganimda chaqirib kelgan (podshohni elchisini aytganlarini) qabul etardim»,
dedilar.
Bu hadis boshqa yo‘llar orqali ham rivoyat qilingan. «Lekin dilim taskin topishi
uchun»dan keyingi oyat oxirigacha yetkazib tamomlangan.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat oyat oxirigacha yetkazib tamomlangan.
(
Izoh: Ibrohim alayhissalom xususlarida shak nojoiz narsa. Agar shak payg‘ambarlarga
yo‘l topmaganida men Ibrohim alayhissalomdan ko‘ra, shak qilishga haqliroqman.
Sizlar
bilasizlarki, men shak qilmayman, dedilar Rasululloh (s.a.v.). Ibrohim alayhissalom
o‘likni tiriltirishda shak qilmadilar balki undagi haqiqatni ko‘rishni xohladilar.
Bu narsa
biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va jannatni ko‘rishni xohlaganimizdek. Lut
alayhissalom mehmonlarni hurmat qilishda va mudofaa etishda bor kuchlarini sarf
qildilar. Bu narsa Allohga suyanishdan yuz o‘girib emas, balki zikr qilganimizdek,
mehmonlarni xushnud etish uchun edi. Agar men qamoqda Yusuf alayhissalom kabi
uzoq turganimda chaqirib kelgan podshohni elchisini aytganlarini qamoqdan chiqish
uchun qabul etardim deganlari, u zotni maqtash uchundir.
Bu zot shu darajada qamoqda
qiyinchilik ko‘rsalar ham podshohni elchisiga: «Avval meni qilgan gunohimni isbot qil,
so‘ngra bu qamoqdan chiqaman», deb aytganlari va u zotni sabr-matonatlarini bayon
etish uchundir).
Do'stlaringiz bilan baham: