Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Iso ibn Maryam Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
71-bob Iso ibn Maryam Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning
shariatlari bilan hukm qilish uchun tushishlari haqida 304/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasam, yaqin kunlarda sizlarga (Iso) ibn Maryam adolatli hukm chiqarish uchun tushib, xochni sindiradilar, cho‘chqani o‘ldiradilar, jizyani amaldan qoldiradilar, ya’ni faqat Islomga kirishni talab qiladilar va mol-dunyoga baraka yog‘ilib, hattoki (undan berilsa) biror kishi qabul etmaydi», dedilar. Bu yerda ba’zi o‘zgarishlar bilan bu hadis takror kelgan, faqat «Hattoki bir sajda dunyo va undagi narsalardan yaxshidir», degan jumla hamda Abu Hurayra roziyallohu anhuning «Agar xohlasanglar, «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (ya’ni, Isoga) albatta iymon keltirur...» oyatini o‘qinglar», deb aytganlari ziyoda qilingan. 305/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh nomiga qasamki, (Iso) ibn Maryam adolatli hukm qilish uchun (erga) tushib xochni sindiradilar, cho‘chqani o‘ldiradilar, jizyani amaldan qoldiradilar, (o‘shanda qimmatbaho) urg‘ochi tuyalar qo‘yib yuboriladi, uni qo‘lga kiritish uchun hech kim harakat qilmaydi, adovat, g‘azab va hasad ketkaziladi, mol-dunyoni (olgin deb) chaqirilsa, biror kishi uni qabul etmaydi», dedilar. 306/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Iso) ibn Maryam tushsalar-da, ichingizda Rabbingizning kitobi va nabiyyingizning sunnati bo‘lsa, nechuk bo‘lur?» dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 307/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Iso) ibn Maryam tushsalar-da, ichingizda Rabbingizning kitobi va nabiyyingiz sunnati bo‘lsa, nechuk bo‘lur?» deb aytganlar. «Men Ibn Abu Zi’bga «Abu Hurayra hadis lafzida «Faammakum minkum» lafzini ishlatganlar», desam, Ibn Abu Zi’b: «Bu so‘z nimani anglatishini bilasanmi?» dedilar. Men: «Xabar bering», dedim. Shunda u zot: «U Rabbingiz Allohning kitobi va nabiyingiz sunnati», dedilar». 308/5. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan bir toifa borki, qiyomat kunigacha haq ustida urushishadi. Iso alayhissalom tushganlarida ularning amirlari: «Kelib bizga namoz o‘qib Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim www.ziyouz.com kutubxonasi 69 bering», desa, Iso alayhissalom: «Yo‘q! Alloh bu ummatga karam qilgani uchun ba’zingiz ba’zingizga amirdirsiz», deydilar», dedilar. Download 493.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling