Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Iymon qabul etilmaydigan fursat haqida
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
72-bob Iymon qabul etilmaydigan fursat haqida
309/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh botadigan tomoni, ya’ni mag‘ribdan chiqmagunicha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqan kuni odamlarning barchasi iymon keltiradi. Usha kundan oldin iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa foydasi yo‘q dedilar», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 310/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch narsa chiqsa, biror nafsga agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa, iymon keltirish foyda bermaydi: ular - quyoshning mag‘rib tomondan chiqishi, dajjol va yer hayvoni», dedilar. 311/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni: «Bu quyosh qaerga ketishini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta u yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday davom etib turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yana shu yo‘sinda yurganida odamlar undan biror narsani bilmay qolishmaydi, hatto u Arsh ostidagi makonida to‘xtaydi. Unga: «Botadigan tomoningdan ko‘tarilgin, ya’ni mag‘rib tomondan chiqqin», deyilsa, u mag‘ribdan chiqadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu qachon (sodir) bo‘lishini bilasizlarmi? Bu bir kunki, o‘shal kunda biror jonga iymon foyda bermaydi, agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 312/4. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men masjidga kirsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ltirgan ekanlar. Qachonki quyosh botganida: «Ey Abu Zarr! Bu (quyosh) qaerga ketishini bilasanmi?» degan edilar, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta bu quyosh ketadi-da, borib sajda qilishga izn so‘raydi. Izn berilib, unga qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qayt, deyilgandek bo‘ladi. Bas, u mag‘rib tomondan chiqadi», dedilar va «Va zalika mustaqorrun laha», deb Abdullohning qiroatidek qilib o‘qidilar». 313/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Allohning so‘zidagi «Quyosh o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur» oyat haqida so‘raganimda, u zot: «Uning qarorgohi Arsh ostidadir», dedilar». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling