Microsoft Word sahih muslim1 ziyouz com doc
-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi
Download 493.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom Muslim. Sahihi Muslim. 1-kitob
64-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi
haqida 290/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qshshnadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman. Avvalgisi – iymon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan iymon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotdi qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topa olishmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham iymon yo‘qdir». Huzayfa: «Mening ustimga shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotdi qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotdi qila olmayman», dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. 291/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Umar roziyallohu anhu huzurlarida edik. U zot: «Sizlardan qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fitnalarni zikr qilganlarini eshitgansiz?» deganlarida, qavmdagilar: «Biz eshitdik», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Sizlar kishining ahli va qo‘shnisidagi fitnani nazarda tutyapsizlarmi?» degan edilar, ular: «Ha», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Bu narsaga namoz, ro‘za va sadaqalar kafforot bo‘ladi. Lekin sizlarning qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dengiz to‘lqini kabi junbushga keluvchi fitnani zikr qilganlarini eshitgan?» deganlarida, qavmdagilar jim turishdi. Men esa: «Men eshitganman», dedim. Umar roziyallohu anhu: «Otangga balli», dedilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Fitnalar kishilar qalbiga xuddi bo‘yraning ketma-ket qilib to‘qilganidek, fitnalar ham paydar-pay keladi. Qaysi qalbga undan ichirilsa, qora nuqta bo‘ladi. Qaysi qalbdan u olinsa, oq nuqta bo‘ladi. U ikki qalbga aylanib, hattoki biri safo kabi oq bo‘ladi. Usha qalbga, modomiki yeru-osmon turar ekan, fitnalar zarar bera olmaydi. Ikkinchisi esa ag‘darilgan qora-oq ko‘zaga o‘xshaydiki, yaxshilikni bilmaydi, yomonlikni inkor etmaydi, faqat havoyi nafsiga ichirilgan narsanigina biladi», dedilar», deb aytdim». Huzayfa roziyallohu anhu: «Men buni Umar roziyallohu anhuga gapirib: «Siz bilan u fitnaning orasida qulfli bir eshik bor. Yaqin kunlarda qulfi sinishi mumkin», deganimda, Umar roziyallohu anhu: «Haqiqatda sinadimi? Agar ochilsa, shoyad, yana berkilishi mumkin», dedilar. Shunda men: «Balki sindiriladi, albatta bu eshikdan maqsad bir kishi bo‘lib qatl qilinadi yoki o‘ldiriladi. Bu aytayotgan narsalarim hadis bo‘lib, oldingi ahli kitoblarning sahifasi emas», deb gapirib berdim». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling