Microsoft Word статистика лотин 14. doc


Hisobot davr haqiqiy miqdori


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

Hisobot davr haqiqiy miqdori 
Dnm = ---------------------------------------------- 
O‘tgan davr hiqiqiy miqdori 
Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga 


32 
katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda 
taqqoslanuvchi 
miqdorlarni 
hisoblash 
uslubida, 
xududlarda, 
miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, 
ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni hisobga 
olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning xududiy 
o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi. 
Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi 
mumkin. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning joriy 
davrdagi miqdorini o‘tgan davr miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi. 
Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsiyentlarda 
(martalarda) ifodalanishi mumkin. 
Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab 
chiqargan. O‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab 
chiqargan edi.
Dinamika nisbiy miqdor koeffitsiyentda aniqlanganda = 12000 : 
11000 = 1,09 
Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda =
12000 x 100
---------------- = 109,1 % 
11000 
Yuqoridagi dinamika nisbiy miqdor bazislidir. 
Agarda xodisa va jaryonlarni birnecha davrga taqqoslamoqchi 
bo‘lsak, bazisli dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib 
qoladi, qolgan davrlar miqdorlari unga nisbatan hisoblanadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor 
ko‘rsatkichi undan oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi nisbati bilan 
topiladi. 
Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich miqdorlarining 
o‘rganilayotgan davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdor ko‘rsatkich miqdorlarining 
o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling