Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Tilovat sajdasining kayfiyati 
Tilovat sajdasini qilish uchun ham namozdagidek shartlar lozim bo‘ladi. Faqat bunda 
takbiri tahrima bo‘lmaydi. Tilovat sajdasini ikki takbir o‘rtasida bir marta sajda qilish 
sunnatdir. Tik turgan holida takbir bilan sajdaga boradi va «Subhana robbiyal a’lo», deb 
uch marta tasbehlarni aytadi-da, yana qiyomga qaytadi va tik turgan holida tilovat sajda 
duosini o‘qishlik mustahabdir. 
(«Rahmonning o‘zigagina sajda qildim, Rahmonga iymon keltirdim, eshitdik va itoat 
qildik, Ey Rabbimiz, (bizni) mag‘firat et va qaytishlik faqat sening huzuringgadir»... -
tarj.) 
Bu sajdada ikki qo‘l ko‘tarilmaydi, tashahhud ham o‘qilmaydi, ikki yelkaga salom ham 
berilmaydi. Sajdada «Subhana Rabbiyal a’la» ya’ni, oliy Rabbim pokdir, deb uch bora 
aytilgandan so‘ng unga qo‘shib ushbu duoni o‘qishlik mustahabdir. 
(«Ey Allohim, ushbu sajdani huzuringda (menga) zahira qilgin, u sababli ajrimni ziyoda 
qilgin, uning sababidan gunohlarimni yechib yuborgin, bu sajdani xuddi Dovud 
alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham qabul et».) Yana bu duoni ham 
aytadi: 
«Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih» , 
(Ma’nosi: «Yuzimni yaratgan va unda kuch-quvvati bilan ko‘z-quloqni ochgan Zotga 
yuzim sajda qildi. Alloh xalq qiluvchilarning yaxshisidir».) 
O’tirgan holida sajda oyatini tilovat qilgan kishi tik turib keyin sajda qilsa, yaxshi bo‘ladi. 
Ammo o‘tirgan holida ham sajdani ado qilsa, joizdir. Sajda oyatini tilovat qilgan kishi 
bilan uni eshitganlar birga sajda qilishsa, eshitganlar tilovat qilgandan oldin boshlarini 
sajdadan ko‘tarmaganlari ma’qul. Chunki oyatni o‘qigan kishi eshituvchilar uchun imom 
o‘rnida bo‘ladi. 
Qur’oni karimdagi sajda oyatlari 
Qur’oni karimning o‘n to‘rt joyida sajda oyati bo‘lib, uni o‘qigan va eshitgan kishilardan 
sajda qilishlari talab qilinadi. Ularni sizga tartib bilan bayon etamiz: 
1. A’rof surasining 206-oyati. 
2. Ra’d surasining 15-oyati. 
3. Nahl surasining 49-oyati. 
4. Isro surasining 109-oyati. 
5. Maryam surasining 58-oyati. 
6. Haj surasining 18-oyati. 
7. Furqon surasining 60-oyati. 
8. Naml surasining 24-oyati. 
9. Sajda surasining 15-oyati. 
10. Sod surasining 24-oyati. 
11. Fussilat surasining 37-oyati. 
12. Najm surasining 62-oyati. 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
13. Inshiqoq surasining 21-oyati. 
14. Iqra surasining 19-oyati. 
Ushbu sajda oyatlarining har biriga Mushafi sharifda o‘qigan kishini ogohlantirish uchun 
belgi qo‘yilgan. Sajda qilishlik ushbu oyatlardan birini butun o‘qiganda vojib bo‘ladi. 
Suradagi sajda oyatini o‘qimasdan tashlab ketish makruhdir. Chunki bu sajdani 
yoqtirmaslikka o‘xshab qoladi. Tahorati yo‘qligi sababli sajda qilishga tayyor bo‘lmagan 
kishilarga shafqat qilib, ular oldida sajda oyatini maxfiy o‘qishni ulamolar yaxshi amal, 
deb sanashadi. 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling