Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jumaning vojib bo‘lish shartlari
Juma namozi Juma namozi farzi ayn bo‘lib, u ikki rakatdir. Agar juma kuni peshin vaqtida azon aytilsa, har bir mukallaf musulmonga o‘z amalini tark qilishi, oldi-sotdisini qo‘yib, juma namozini o‘qish uchun masjidga qarab harakat qilishi qat’iy farz bo‘ladi. Juma namozidan oldin bir salom bilan to‘rt rakat, undan keyin ham to‘rt rakat namoz o‘qishlik sunnati muakkadalardan hisoblanadi. Jumaning vojib bo‘lish shartlari Juma namozini o‘qishi lozim bo‘lgan kishilarda ma’lum shartlar topilishi kerak: 1. Hur-ozod bo‘lishi shartdir, qulga juma farz bo‘lmaydi. 2. Erkak bo‘lishi shartdir, ayollarga juma farz emas. 3. Balog‘atga yetgan bo‘lishi ham shartdir, go‘dakning garchi bo‘yi cho‘zilib qolgan bo‘lsa ham, juma farz bo‘lmaydi. Lekin uni ota-onasi xuddi boshqa farzlarga buyurganidek, jumaga ham buyurib turishlari lozim. 4. Salomat bo‘lishi ham shartdir. Kasal kishiga juma farz bo‘lmaydi. 5. Ko‘zi sog‘lom bo‘lishi ham shartdir. Ko‘zi ojizga juma farz emas. 6. Ikki oyog‘i salomat bo‘lishi ham shart. Jumaga borishdan ojiz bo‘lib o‘tirib qolgan kishiga ham juma o‘qish farz bo‘lmaydi. 7. Xotirjamlik ham shartdir. O’z nafsi uchun biror zolimning yoki biror fitnaningxavfi bo‘lsa ham, u kishiga juma namozi farz bo‘lmaydi. 8. Shaharda istiqomat qilayotgan bo‘lishi ham shart. Shahar, deb uning taklif yoshiga yetgan aholisi eng katta masjidga to‘planganda sig‘maydigan darajada bo‘lgan makonga aytiladi. Va yana shu shaharning qozisi va yoki amiri bo‘lishi ham shartdir. Muqimlik ham juma namozini o‘qishlikni vojib qiladigan shartlardandir. Agar kishi musofir bo‘lsa, unga juma namozini o‘qishlik vojib bo‘lmaydi, lekin shu musofir borgan shaharda o‘n besh kundan ko‘proq turishni niyat qilsa, unga jumani o‘qish vojib bo‘ladi. Ya’ni, jumani o‘qish vojib bo‘lishi uchun o‘z vatanida bo‘lishi shart emas, balki musofir yurtda bo‘lsa- da, u yerda iqomatni niyat qilgan bo‘lsa, jumani o‘qish vojibga aylanadi. Faqat shart shuki, iqomat niyat qilgan makoni jome’ masjididan taqriban ikki yuz metrdan uzoq bo‘lmasligi kerak. Kimga juma namozini o‘qish vojib bo‘lmasa, u jumaning o‘rniga peshinni o‘qiydi. Mabodo, jumani o‘qisa ham, durust bo‘laveradi, yana qaytarib peshinni o‘qimaydi. Ammo ayollar xoh keksalari bo‘lsin, xoh yoshlari bo‘lsin, jamoat bo‘lishlari makruhligi uchun jumaning o‘rniga peshinni o‘qiganlari afzaldir. Mazkur uzrlar sababli jumaning Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) www.ziyouz.com kutubxonasi 62 o‘rniga peshinni o‘qiydigan kishilar imom juma namozini o‘qib bo‘lgandan keyin peshinni o‘qiganlari ma’qul. Chunki imom jumani ado qilmay turib, uzrlilar peshinni o‘qishlari makruh hisoblanadi. (Yana juma namozini o‘qiy olmaganlar o‘sha kunning peshinini yolg‘iz holda jamoat bo‘lmasdan o‘qishadi...- tarj.) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling