Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Sajda tilovati
Sajda oyatlarini o‘quvchiga ham, eshituvchiga ham sajda qilishi vojib bo‘ladi. Uning vojib bo‘lishining sharti namoz vojib bo‘lishidagi ahliylik kabidir. Ahliylik - musulmon, balog‘at yoshiga yetgan, tahoratli (hayz va nifosdan pok) bo‘lishdir. Sajda oyatlaridan biri o‘qilgach, uni eshituvchi va o‘quvchi uchun ba’zan keng vaqtda va ba’zida tez fursatda sajda qilib olishlik vojibdir. Agar sajda oyati namozdan tashqarida o‘qilsa va yoki eshitilsa, uni bajarish uchun fursat kengroq bo‘lsa, kechiktirgan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Ammo hayotining oxirigacha kechiktirib, sajda qila olmay vafot etsa, gunohkor bo‘ladi. Uni kechiktirishning hukmi yengil makruhdir. Agar sajda oyati namoz ichida tilovat qilinsa, bu holda uni ado etishni kechiktirib bo‘lmaydi, balki vaqt o‘tkazmay, sajda qilish vojib bo‘ladi. Agar qasddan sajda qilmagan bo‘lsa, gunohkor bo‘ladi. Chunki uni ado qilish fursati ozdir. Shu vaqtning o‘zida sajdani qilib qo‘yish kerak edi. Namoz ichida sajda tilovati o‘qilib sajda qilinmasa, namozdan so‘ng uning qazosi ado etilmaydi. Sajda oyatlari suraning o‘rtasida yoki oxirida bo‘lishi mumkin. Agar sajda oyati suraning o‘rtasida bo‘lsa, namozxon uni qiroat qilish bilan to‘g‘ri sajdaga borishi afzaldir. Bir marta sajda qilgandan so‘ng yana qiyomga turib surani oxiriga yetkazadi yoki shu suradan namozga kifoya qilgudek oyatlarni qiroat qiladi-da, ruku’ga boradi. Agar sajda qilmasa, fursatni o‘tkazib qo‘ymay, ruku’ qiladi va shunda sajda oyati uchun qilinadigan sajdani ham niyat qilib qo‘yadi. Ruku’ oyat sajdasi o‘rniga ham o‘tadi. Ammo sajda oyatidan so‘ng vaqtni o‘tkazmay, sajda qilgan kishiga oyat sajdasini niyat qilish shart emas. Mabodo, sajda qilish fursati o‘tib qolsa-yu, modomiki, u namoz ichida ekan, ruku’ bilan ham, sajda bilan ham sajda oyatini o‘qiganlik uchun qilinadigan sajdani ado qilmaydi, balki shu namozning o‘zida xos bitta sajda qiladi. Agar sajda oyati sura oxirida bo‘lsa, namoz ichida uni o‘qish bilan orqasidan sajdani ham niyat qilib, ruku’ qilishlik afzaldir. Demak, shu ruku’ tilovat sajdasining o‘rniga o‘tar ekan. Ammo sura oxiridagi sajda oyatini o‘qib, keyin to‘g‘ri sajdaga borsa, sajdadan keyin yana qiyomga qaytadi va shu suradan keyingi suradan bir necha oyat o‘qib, so‘ngra ruku’ qiladi-da, namozini oxiriga yetkazadi. Sajda tilovatini eshituvchi xoh o‘quvchining yonida turib eshitsin, xoh uzoqroqdan, ya’ni mikrafon orqali eshitsin, farqi yo‘q, baribir sajda qilishi vojib bo‘ladi. Buning aksi o‘laroq, eshituvchi sajda oyatini balog‘atga yetmagan go‘dakdan yoki majnundan va yoki magnitafondan eshitsa, unga sajda qilishlik vojib emas. Chunki tilovat uning ahli bo‘lmaganlardan sodir bo‘lmoqda, ya’ni aslidan emas. (Demak, bunda sajda qilish vojib, deb e’tibor qilinmaydi, balki sajda qilib qo‘ysa, yaxshi bo‘ladi lekin qilmaganlar gunohkor hisoblanmaydi, deb e’tiborga olinadi.) Bitta sajda oyatini bir o‘rinda ko‘p bor takrorlasa ham, bir marta sajda vojib bo‘ladi, ammo joy o‘zgarsa, har bir joy uchun alohida sajda qilish ham lozim bo‘ladi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling