www.ziyouz.com kutubxonasi
67
amallarining natijasi ma’lum ma’noda uning o‘ziga ko‘rinib, bundan quvonadi. Go‘yo u
ikki ajrning birini dunyoda olib, oxiratdagisi esa uni kutib turgandek bo‘ladi.
Zulhijjaning o‘ninchi kunidan keyingi qurbonlik bayrami kunlari qilingan amallar boshqa
yilning kunlaridagi solih amallardan afzal turadi.
Zulhijjaning o‘ninchi kuni arafa bo‘lib, hojilar bu kunda Arafotda turadilar. Ushbu amal
hajning ulug‘ farzlaridan biridir. Xullas, Islomdagi ushbu ikki bayram orqali gunohlarning
mag‘firat qilinishi, amallarning maqbul bo‘lishi bilan hosil bo‘ladigan ulkan shodlik yorqin
namoyon bo‘ladi. Bundan ortiq fazilat qaerda bor?! Bundan ortiq rahmat qaerda bor?!
« (Ey Muhammad) , ayting: «Allohning fazlu marhamati (ya’ni, Islom) va
rahmat-mehribonligi (ya’ni, Qur’on) bilan - mana shu (ne’mat) bilan shod-
xurram bo‘lsinlar. (Zero) , bu ular to‘playdigan mol-dunyolaridan yaxshiroqdir»
(Yunus surasi, 58-oyat).
Musofirning namozi
Safarda to‘rt rakatli farz namozlari ikki rakat qilib o‘qiladi. Ular peshin, asr, xuftondir.
Ammo bomdod, shom va vitr namozlari hamda sunnati ravotiblar esa butun o‘qiladi.
(Agar musofir yo‘l yurib turgan bo‘lsa, vaqti ziq, sharoit yo‘qligi uchun sunnatlarni
o‘qimasligi afzaldir. Ammo shunda ham bomdodning sunnatini tark qilmay o‘qiydi. Agar
musofir bir manzilga kelib tushsa, vaqt bemalol, sharoit yetarli bo‘lganligi uchun
sunnatlarni o‘qishligi afzal bo‘ladi. Buxususda hadislar vorid bo‘lgan... - tarj.)
Musofirga namozni qasr qilishlik vojibdir. Butun qilib o‘qishlik joiz emas. Mabodo, butun
qilib o‘qisa, gunohkor bo‘ladi. Chunki u qa’dai oxirdan keyingi salomni kechiktirdi.
Musofirning shu holda ikkinchi rakatdan keyingi o‘tirishi qa’dai oxir hisoblanadi. Agar
qasr qilmay, to‘rt rakat o‘qisa, keyingi ikki rakati nafl hisoblanadi, ushbu naflni takbiri
tahrimasiz boshlagan, sano bilan «A’uzu... »ni ham tark qilgan bo‘ladi. Agar o‘rtadagi
qa’dani tashahhud miqdoricha o‘tirmay, uchinchi rakat va to‘rtinchi rakatni ado qilgan
bo‘lsa, farz namozi botil bo‘lib, unga qayta o‘qish esa vojib bo‘ladi, chunki musofirning
ikkinchi rakatdan keyin qa’da o‘tirishi farz edi. Agar musofir namozni qasr qilib
o‘qiyotgan bo‘lsa, unga ikki rakatdan keyingi rakatlarda o‘sha farz namozini o‘quvchiga
iqtido qilishi durust emas. Chunki farz o‘quvchi nafl o‘quvchiga iqtido qilishi joiz emas
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |