Microsoft Word tahorat ziyouz com doc


«Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aitinglar»


Download 310.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/89
Sana12.10.2023
Hajmi310.02 Kb.
#1700737
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
Bog'liq
Tahorat va namoz hukmlari

«Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aitinglar», desa, ichida 
salovot aytib qo‘yadi. 
3. Xutba vaqtida namoz o‘qish ham makruhi tahrimiy hisoblanadi. 
Ikki iyd namozlari 
Iyd namozlarini o‘qishlik vojib bo‘lish va durust bo‘lish shartlari 
Juma namozining shartlari iyd namozlari uchun ham shart qilinadi. Faqat ikkita amalda 
juma namozidagi shartlarga xilof bo‘ladi: 
1. Iyd namozlarida xutba o‘qish sunnat bo‘lib, juma namozida esa u shart edi. 
2. Juma namozida xutba namozdan oldin o‘qilsa, iyd namozlarida namozdan keyin 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
qilinadi. Xutbaga kirishdan oldin imomning bir oz o‘tirishi iyd namozlarining xutbasida 
makruh hisoblanadi. Ammo juma namozi xutbasini boshlashdan oldin uning bir oz 
o‘tirishi sunnat edi. 
Iydu fitr xutbasida imom musulmonlarga fitr sadaqasi hukmlari to‘g‘risida ma’lumot 
bersa, iydu qurbon xutbasida esa qurbonlik, takbiru tashriq hukmlaridan ta’lim beradi. 
Imom-xatib iyd namozidan oldingi jumada jamoatni ushbu narsalardan ogohlantirib 
qo‘yishi lozim. 
Ramazon hayiti birinchi kuni o‘qilmay qolsa, u ikkinchi kuni o‘qiladi. Qurbon hayiti 
ma’lum uzrlar sababli birinchi kuni o‘qilmasa ikkinchi yoki uchinchi kuni o‘qishning 
karohiyati yo‘q. Ammo uzrsiz kechiktirish makruh. 
Iyd namozlarining ko‘rinishi 
Hayit namozlarini o‘qishlik vojibdir. U ikki rakat bo‘lib, jamoat bilan birgalikda masjidda 
o‘qiladi. Bu namozga azon ham, takbir ham aytilmaydi, balki bir kishi «jamoat 
namoziga», deb nido qiladi. Imom qiroatni jahriy qiladi. Har bir rakatda uch marotaba 
takbir aytish vojibdir. Bu takbirlar «Takbiru zavoidlar», deyiladi. Namozning ko‘rinishi 
quyidagicha: namoz o‘quvchi imom iydu fitrni yoki iydu qurbon namozini niyat qiladi, 
qo‘llarini quloq barobar ko‘tarib takbiru tahrima bilan namozga kirishsa, iqtido qiluvchilar 
ham namozni niyat qilib takbiri tahrima bilan unga ergashishadi. Shu bilan birinchi rakat 
boshlanadi. Hammalari xuddi boshqa namozlaridagi kabi qo‘llarini bog‘lab, kindik ostiga 
qo‘yishadi, keyin imom ham, imomga ergashuvchilar ham sano duosini maxfiy qilib 
o‘qishadi. So‘ngra imom takbiru zavoidlarni boshlaydi. Ular uchta bo‘lib, imomga 
ergashuvchilar ham bularni qaytarishadi, lekin imom takbirni jahriy aytsa, imomga 
ergashuvchilar maxfiy aytishadi. Barchalari takbiri tahrimadagi kabi har bir takbirda 
qo‘llarini quloqlari barobarigacha ko‘tarishadi, so‘ngra ikki yonlariga tashlashadi. Har bir 
takbir orasida uch takbir miqdoricha vaqt o‘tkazishadi. Har bir takbiri zavoidlar 
aytilganda imom ham, imomga ergashuvchilar ham qo‘llarini quloqlari barobaricha 
ko‘tarishlari sunnatdir. Uchinchi takbirdan so‘ng namozxonlar qo‘llarini bog‘lashadi, 
imomga ergashuvchilar jim turishadi, imom esa «Au’zu... » va «Bismillah... »ni maxfiy 
o‘qib, keyin surai Fotiha bilan biror surani jahriy qilib o‘qiydi. Zam sura uchun A’lo 
surasini birinchi rakatda o‘qishlik mustahab hisoblanadi. Keyin ruku’ va sajda qilib, 
ikkinchi rakatni o‘qish uchun qiyomga turishadi. Ikkinchi rakatda ham imomga 
ergashuvchilar jim turishadi, imom «Bismillah... »ni maxfiy aytib, Fotiha bilan undan 
so‘ng biror surani jahriy holda qiroat qiladi.
Zam suraga ikkinchi rakatda al-o‘oshiya surasini o‘qishlik mustahabdir. Imom qiroatdan 
forig‘ bo‘lgandan keyin ruku’dan oldin yana takbiru zavoidlar boshlanadi. Har bir takbiru 
zavoidlar aytilganda qo‘llarini ko‘tarishlik sunnat amaldir. Uchta takbirdan so‘ng 
to‘rtinchi takbirga qo‘lni ko‘tarmasdan ruku’ qilishlik uchun takbir aytiladi. Keyin ruku’ va 
sajdalarni bajarishadi. Qa’dada tashahhud, salovotu Ibrohimiyya va ma’sur duolar o‘qib 
salom beriladi. Shu bilan namoz tomomiga yetadi. Iyd namozlarining ushbu ko‘rinishi 
boshqalaridan a’loroqdir. Ba’zi ko‘rinishlarida takbirlar uchtadan ko‘proq aytiladi
ba’zilarida esa ikkinchi rakatdagi qiroatdan oldin takbiru zavoidlar aytiladi. Demak, bu 
kabi o‘qishlik ham joizdir. Agar imom takbirlarni ziyoda aytsa, imomga ergashuvchilar 
unga ergashishlari vojib bo‘ladi. Agar imomga ergashuvchi imomga qiyom holatida 


Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) 

Download 310.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling