Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Juma namozining durust bo‘lish shartlari
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
Juma namozining durust bo‘lish shartlari
Juma namozining durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mukammal bo‘lishi lozimdir: 1. Juma shaharda o‘qilishi kerak. Yuqorida shaharning ta’rifini keltirdik. Agar shahar bo‘lishi sharti topilmagan qishloqda juma namozi o‘qilsa, durust bo‘lmaydi. Ularga peshinni o‘qishlik lozim bo‘ladi. 2. Juma namoziga imomlikka sulton yoki uning noibi va yo o‘sha masjidga tayin qilingan imom bo‘lishi shartdir. Xuddi shu ahvol bugungi voqe’likda mavjuddir. 3. Peshin vaqti kirgan bo‘lishi ham shartdir. Chunki peshin vaqti jumaning vaqti hisoblanib, undan oldinroq o‘qilgan juma namozi durust bo‘lmaydi. Peshin vaqti chiqishi bilan jumaningham vaqti chiqadi. 4. Xutba. Jumada ozmi-ko‘pmi xutba o‘qishlik ham shartdir. U hamd (alhamdulillah), tasbeh (subhanalloh), tahlil (la ilaha illalloh)ni bir marta aytish bilan ham xutba o‘rniga o‘tadi, lekin shuning o‘zi bilan kifoyalanish makruhdir. Jumada bitta xutbaning o‘zini o‘qisa, kifoya qiladi, lekin uni takror o‘qishlik sunnatdir. Xutbani namozdan oldin aytish shart qilinadi. Juma namoziga imomdan tashqari uch kishi hozir bo‘lishi ham shartdir. Chunki jamoat ushbu adad bilan hosil bo‘ladi. Shu jamoat oqil, balog‘atga yetgan erkaklar bo‘lishlari lozim, mabodo, jamoat oqil, balog‘atga etgan musofir yoki kasal kishilardan tashkil topgan bo‘lsa ham, kifoya qiladi. Ammo faqat ayollar va go‘daklardan tashkil topgan jamoat bilan juma namozini o‘qish durust bo‘lmaydi. (Boshqa namozlardan ko‘ra juma namozida imomdan tashqari uch kishi bo‘lishining shart qilinishi sababi agar imomning tahorati ketib qolsa, safdan bir kishini o‘rniga tortib qo‘yadi, shunda orqada jamoat saqlanib qolishi lozim, mabodo, keyingi imomning ham tahorati sinib qolsa, endi juma botil bo‘ladi, o‘rniga peshinni o‘qishlari shart bo‘ladi... - tarj.) Jumaning xutbasida bir qancha sunnatlar bo‘lib, ularning ba’zisi xatibga va ba’zisi xutbaga tegishlidir. Xatib katta-yu kichik betahoratlikdan pok bo‘lishi kerak, mabodo, tahorati bo‘lmasa ham, xutbasi makruhlik bilan durust bo‘ladi. Imom xutbani boshlashdan oldin bir oz minbarda o‘tirishi ham sunnatdir. Lekin qavmga salom berishi makruh hisoblanadi. Xutbani tik turgan holda qilishlik ham sunnatdir. Agar o‘tirib xutba aytsa ham, biroz karohiyat bilan joiz bo‘laveradi. Imom xutbani qavmga yuzlangan holda qilishi ham sunnatdir. O’ng yoki chap tomonga burilib olmaydi. Xutbani ikkita qilishlik ular orasida uch oyat miqdoricha o‘tirishlik sunnatdir. Agar o‘rtadagi o‘tirishni tark qilsa, gunohkor bo‘ladi. Avvalgi xutbani boshlashda «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni o‘zi ichida aytadi, keyin jahriy qilib Allohga hamd va Uning o‘ziga loyiq bo‘lgan sanolarni aytadi, keyin ikki shahodat kalimalarini o‘qib, Payg‘ambarimizga (s.a.v.) salovotu salom yo‘llaydi. So‘ngra ma’siyatlardan saqlanish, Alloh taoloning g‘azabi va azobini vojib qilib qo‘yadigan amallar qilishdan ogohlantirib va’z va nasihat bilan odamlarga da’vat qiladi. Yana ularga dunyo va oxiratda najotga sabab bo‘ladigan amallarni eslatadi, avvalo o‘zini, qolaversa, barcha jamoatni taqvoga vasiyat qiladi. Keyin mavzuga tegishli bo‘lgan oyatdan bir oyat tilovat qiladi. Ikkinchi xutbani Alloh Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling