Microsoft Word tahorat ziyouz com doc
Download 310.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Tahorat va namoz hukmlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
65 yetsa-yu, lekin takbirlarga yeta olmagan bo‘lsa, o‘zi yolg‘iz tik turgan holida takbir aytib qo‘yadi. Agar imomga bir rakat kechikib yetishgan bo‘lsa, u salom bergandan keyin turib, o‘zi qiroat qiladi, keyin takbiru zavoidlarni aytadi, so‘ngra ruku’ qiladi. Agar imomga ergashuvchi imomni ruku’ qilgan holida topsa, tik turgan holatda takbiru tahrimani aytadi, imom ruku’dan boshini ko‘targuncha uchta takbirni aytib olishga ko‘zi yetsa, uni aytadi-da, keyin ruku’ qiladi, mabodo, yetolmaslik ehtimoli bo‘lsa, takbiru tahrimadan keyin ruku’ qiladi va ruku’ holida qo‘llarini ko‘tarmay, takbir aytadi. Agar zavoidlarni tugatmasdan oldin imom ruku’dan boshini ko‘tarsa, endi undan takbiru zavoidlar soqit bo‘ladi. Chunki imomga ergashishlik vojibdir. Agar imomga ruku’dan keyin iqtido qilgan bo‘lsa, takbirlarni imomga ergashgan holda aytmaydi, balki imom salom bergach, o‘rnidan turib, yeta olmay qolgan rakatni o‘qiydi va shunda o‘zi zavoidlarni ham ado qilib qo‘yadi. Takbiru tashriqlar Arafa kunining bomdodidan boshlab (ya’ni, zulhijjaning to‘qqizinchisidan) hayitning to‘rtinchi kunining asr namozigacha, ya’ni zulhijjaning o‘n uchinchi kunigacha har farz namozdan so‘ng takbiru tashriqni aytish namozxonlar uchun vojib bo‘ladi. Mashhur takbir ushbudir: Takbiru tashriqni shaharda muqim bo‘lib turgan, farz namozini jamoat bilan birga o‘qigan kishilar uchun aytmoqlik vojib bo‘ladi. Musofirga uni aytish vojib emas, balki muqimga iqtido qilgan bo‘lsa, vojib bo‘ladi. Qishloqda muqim turgan kishi uchun ham, nafl namozlaridan keyin ham, yolg‘iz o‘quvchi kishi uchun ham takbirni aytmoq vojib bo‘lmaydi. (Qishloq, deganda o‘sha joydagi eng katta masjidga taklif yoshiga yetgan kishilar kirishi bilan to‘lmagan makonga aytiladi.) Vitr namozi, iyd namozi va janoza namozidan keyin ham takbir aytilmaydi. Farz namozlarining orqasidan takbirni salomga ulab aytishlik ma’qul amaldir. Kishi agar qasddan salomdan keyin takbirni aytmay, biror so‘z gapirsa yoki biror ish qilsa, gunohkor bo‘ladi. Orqasidan takbir aytishligi vojib bo‘lgan namozlarning birortasini qazo qilib qo‘ysa, u namozini tashriq kunlaridan boshqa kunda qazosini o‘qisa ham, takbirni aytib qo‘yadi. Chunki qazo, ya’ni vaqti o‘tgan namoz adodan, ya’ni o‘z vaqtida o‘qiladigan namozdan hisoblanadi. Qazoning hukmi adoning hukmi bilan bir xildir. Agar kishi tashriq kunlarida oldingi qazo namozini o‘qisa, uning orqasidan takbirni aytmaydi. Agar imom takbirni tark qilsa ham, imomga ergashuvchi tark qilmaydi. Mulohaza Iyd namozining vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilgandan to ikki nayza bo‘yi ko‘tarilguncha bo‘lgan fursatdadir. (Ya’ni, zavolga taqriban yigirma minut qolguncha.) Ramazon hayitini ma’lum uzr bilan ikkinchi kunda o‘qish mumkin. Qurbon hayitini esa uch kungacha kechiktirish mumkin bo‘ladi. Bir shaharda yangi chiqqan oy ko‘rilib, ikkinchi shaharda ko‘rilmay qolishi, guvohlarning guvohligi, zavoldan keyinga kechikib ketishi kabi narsalar hayitni kechiktirib o‘qishlik uchun uzr hisoblanadi. Ustoz va shogird (Imom Abu Hanifa va Imom Abu Balxiy savol-javobi) Download 310.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling