Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni)
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 Ikrima roziyallohu anhu aytadiki: “Qiyomat kuni ota o‘g‘lining bo‘yniga osiladi va: “Ey o‘g‘lim, men dunyoda sening otang edim”, deydi. O‘g‘li uni maqtab yaxshi ota edingiz, deb aytgach, otasi: “Ey o‘g‘lim, men sendan zarragina savobga muhtojman, shoyadki, o‘sha bilan ko‘rib turgan narsangdan (jahannamdan) qutulib qolsam”, deydi. Shunda o‘g‘li: “Men ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqyapman, sizga hech narsa bera olmayman”, deydi. Shunda otasi xotiniga yopishib: “Men dunyoda sening ering edim”, deydi. Xotini uni maqtab yaxshi er edingiz, deb aytgach, eri: “Men sendan bittagina savob hadya qilishingni so‘rayman, shoyadki, men jahannamdan qutulib qolsam”, deydi. Xotini aytadiki: “Men unday qila olmayman, o‘zim ham siz qo‘rqqan narsadan qo‘rqib turibman”, deydi. Shunda Alloh taolo aytadiki: “Qiyomat kunida hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas. Agar og‘ir (gunoh egasi bo‘lgan jon birovni) o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi chorlaguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa ko‘tarilmas, ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas” (Fotir, 18). 50. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladiki: “Kofir kishi u Kunning uzunligi tufayli o‘zining to‘kilgan terlaridan o‘zi jilovlanadi va “Ey Parvardigor! Do‘zaxga kirgizib bo‘lsa ham, menga rahm qil!” deb yuboradi” 51. Ibn Abbos roziyalohu anhu Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlar: “Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan, hamma payg‘ambarlar uni bu dunyoda qilib bo‘lishgan, men esa uni qiyomat kuni ummatimni shafoat qilish uchun olib qo‘yganman. Bilinglarki, men odam farzandlarining eng ulug‘iman, bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni yer birinchi bo‘lib mening ustimdan ochiladi. Bunga faxrlanmayman. Qiyomat kuni hamdu sano bayrog‘i mening qo‘limda bo‘ladi. Odamdan tortib hamma insonlar uning ostida turadilar. Bularga faxrlanmayman”. Keyin aytdilarki: “Qiyomat kuni insonlarning g‘am-alami juda qattiqlashib ketadi. Ular Odam alayhissalomga kelib: “Ey insonlar otasi, Rabbing oldida bizni shafoat qil, tezroq hukmimizni chiqarsin”, deydilar. Shunda Odam: “Men unday qilolmayman, chunki xato qilib jannatdan chiqarilganman. Bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtirmaydi, sizlar Nuhga borib ko‘ringlar, u rasullarning birinchisidir”, deydi. Insonlar Nuh alayhissalomga kelib yuqoridagi so‘zlarni aytganlarida u kishi: “Men Rabbimning oldiga bora olmayman, chunki duo qilib yer yuzidagi odamlarni cho‘ktirib yuborganman, bugun meni o‘zimdan boshqa narsa qiziqtir-maydi. Ibrohimga borib ko‘ringlar, Alloh uni o‘ziga do‘st tutgan edi”, deydilar. Odamlar Ibrohim alayhissalomga borib, shu so‘zlarni aytishadi. “Men bunga qodir emasman, chunki Islomda uch marta yolg‘on gapirganman” deydilar. Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: “Ibrohim uch narsa bilan Islomda tortishgan, birinchisi, ushbu oyatda kelgandek: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling