Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!”
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Ey birodar! Mana shunday kunga yaxshi amallarni qilishlik va yomon amallardan tiyilishlik bilan tayyorlan, qiyomatga yaqin vaqtda turibsan, u kunda umringga pushaymon qilasan, bilib qo‘yginki, agar o‘lsang, qiyomat boshlanadi. Mug‘iyra ibn Sho‘’ba aytganidek: “Sizlar, qiyomat, qiyomat deysizlar, sizlar o‘lishlaringiz bilan qiyomat boshlanadi”. Alqama ibn Qays bir odamning janozasida qatnashadilar va qabrga qo‘yib, dafn qilingach: “Bu bandaga qiyomat boshlandi”, dedi. Bu gapni aytishining sababi shuki, inson o‘lsa, qiyomatda bo‘ladigan ishi aniq bo‘ladi, chunki u jannatni, do‘zaxni va farishtalarni ko‘radi, hech qanday amal qilishga qodir bo‘lmaydi, go‘yoki qiyomatga kelib qolgandek bo‘ladi, chunki o‘limi bilan uning amallariga xotima yasalgan bo‘ladi, qiyomat kuni qanday o‘lgan bo‘lsa, o‘shanday tiriladi. Kimniki amali yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa, qanday yaxshi! Abu Bakir al-Vositiy aytadiki: “Davlat uchta bo‘ladi: hayotdagi davlat, o‘lim paytidagi davlat va qiyomatdagi davlat. Hayotdagi davlat – Allohning toatu ibodatini qilib yashashdir, o‘lim paytidagisi esa “La ilaha illalloh” kalimasi bilan joni chiqishidir, haqiqiy davlat esa qiyomat kuni jannat xushxabari berilishidir”. Rivoyat qilinadiki: Yahyo ibn Maoz Ar-Roziyning majlisida qiyomat kuni haqidagi “Biz muttaqiyn-taqvoli zotlarni otliq hollarda Rahmon dargohiga to‘playdigan va mujrim – jinoyatchi-kofirlarni jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!” (Maryam, 85, 86) degan oyat o‘qilganda, u kishi aytdi: “Ey insonlar, xotirjam yuraveringlar, ertaga mahshargohga yig‘ilasizlar, har tomondan to‘da-to‘da bo‘lib kelasizlar. Allohning oldida bitta-bitta turasizlar, amallaringiz haqida harfma-harf so‘roq qilinasizlar. Allohning do‘stlari Rahmonning oldiga ulovga mindirilgan holda olib boriladilar, gunohkor osiy bandalar jahannamga yuboriladilar, jahannamga to‘da-to‘da bo‘lib kiradilar. Bularning biri qachonki yer titrab, vayron bo‘lsa, Parvardigoringiz(ning hukmi) va farishtalar saf-saf bo‘lib kelsa, jahannam dard-hasratlar bilan keltirilsa, o‘shanda sodir bo‘ladi. Birodarlarim miqdori ellik ming yilga teng bo‘lgan kunda sizga voy bo‘lsin, titrab-qaltirash kuni, shoshilish-dovdirash kuni, qiyomat kuni, hasrat- nadomat kuni, u ulug‘ Kundir, insonlar olamlarning Rabbi huzurida turg‘iziladigan kun, zilzila bo‘ladigan kun, qichqiriq keladigan kun, haqiqat kuni, qalbni zirillatadigan kun! Allohga qaytiladigan kun, kishi qilgan amallariga qaraydigan kun, almashish kuni, insonlar amallarini ko‘rish uchun firqa-firqa bo‘lib boradigan kun, birov birovga yordam berolmaydigan kun, yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan kun, hiyla-nayrang ish bermaydigan kun. Ota farzandini himoya qilolmaydigan, farzand otasiga yordam berolmaydigan kun, yomonliklari hamma yoqqa tarqab ketadigan kun, u kunda zolimlarning qilgan uzrlari foyda bermaydi, ularga yomon joy bordir, har kim o‘zigagina qayg‘uradigan kun, u kunda har bir emizguvchi emizadigan bolasini esdan chiqarib qo‘yadi, har bir homilador homilasini tashlab yuboradi, insonlarni mast bo‘libdi, deb o‘ylaysan, lekin ular mast emas, balki Allohning azobi qattiqdir”. Muqotil ibn Sulaymon aytadiki: “Maxluqotlar qiyomat kuni yuz yil o‘z terlariga yuganlangan holatda turadilar, keyin yuz yil zulmatga hayron bo‘lib turadilar, keyin yuz yil Rabbilarning huzurida bir-birlari bilan tortishib-talashib turadilar. Aytiladiki, qiyomat kunining miqdori ellik ming yildir. Allohga ixlos qilgan mo‘min uchun bu muddat xuddi bir soat o‘tgandek o‘tib ketadi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling