Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 72 XI BOB. OTA-ONANING HAQQI 140. Faqih, Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Abbos deydiki: “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsayu ikkovlariga yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki darvoza ochadi. Ikkovlaridan biri g‘azabli bo‘lsa, Alloh taolo ham undan rozi bo‘lmaydi, toki u rozi bo‘lmaguncha”. So‘radi: “Agar zolim bo‘lsa-chi?” “Agar zolim bo‘lsa ham!” Boshqa xabarda: «Ota-onaga gunohkor holatda tong ottirsa, Alloh taolo unga do‘zaxdan ikki eshikni ochib qo‘yadi, agar bittasiga (osiylik qilsa), bitta (eshik ochadi)», deyilgan. Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: “Ey Rabbim, menga buyurgin!” Alloh aytdi: “Seni o‘zimga bo‘ysunishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh aytdi: “Onangga vasiyat qilaman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh taolo aytdi: “Otangga vasiyat qilaman!” 141. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi: “Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi va “Men jihodni xohlayman!” dedi. Payg‘ambar: “Ota-onang tirikmi?” deb so‘radilar. “Ha tirik”, dedi. “Bas, ikkovlarining xizmatlarida bo‘lgin, shu jihod bo‘ladi!” dedilar. Bu xabarda Alloh yo‘lida jihod qilishlikdan ota-onaga yaxshilik qilish afzal ekanligiga dalil bordir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) jihodni tark qilib, ota-onaga yaxshilik qilish bilan shug‘ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo‘lida jihod qilish joiz bo‘lmaydi, agar ota-onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi urushga chaqirilgan bo‘lsa, shunda ham ota-onaga itoat qilishlik g‘azotga chiqishdan afzal bo‘ladi”. 142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilayin?” Aytdilar: “Onangga!” “Keyin-chi?” “Onangga!” “Keyin kimga?” “Onangga!” Aytdim: “Keyin kimga?” Aytdilar: “Otangga, keyin yaqin qarindoshlaringga” dedilar. 143. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga “uf” deyishdan ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi. Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq bo‘lgan kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi. Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota-onaning huquqini kitobida zikr qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganida edi, aql bilan ham ota- onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinar edi! Oqil farzandga ota-onaning huquqini tanimoqlik vojibdir. Alloh taolo hamma kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg‘ambarlarga vahiy keldi. Ularni ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh o‘zining rizovi ota-onaning rizosida va o‘zining g‘azabi ota-onaning g‘azabida ekanligini bildirdi. Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz Alloh qabul qilmaydi. Allohning so‘zi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling