Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
131
oshni yeysiz-ku?! Sulaymon! Cho‘loq! Eshittilaringa. Men ko‘rmishman. O’zing ko‘r! 
—  Men ko‘r? — battar chimirildi Hakimbek aka. 
— 
Ha, ko‘rsan! Sarsonboyning janozasida o‘qariqqa shaloplab tushib ketganingni o‘zim 
ko‘rganman! 
— Bo‘ldi, bo‘ldi! — ularni to‘xtatdi Sulaymon ota. — Ikkaloving ham turmaysanlar! 
Hakimbek aka ham, Xolparang ota ham gaplari og‘zida qolib, o‘rtoqlariga qarashdi. 
— Ikkaloving ham turmaysan, — qaytardi Sulaymon ota. — Pensiyaga kim oldin chiqqan bo‘lsa, 
shu turadi. Men oldin chiqqanman, men turaman. 
U, gap tamom, degandek o‘rnidan turdi. 
— Yuring, o‘g‘lim! 
Hech narsaga tushunmay angrayib turgan Mirvosiq beixtiyor uning ketidan yo‘lga tushdi. 
Xolparang ota bilan Hakimbek aka bo‘zrayganlaricha ularga tikilib qolishdi. 
Sulaymon ota o‘sha kuniyoq ishga tushdi. Kampir uydan eski namat, qumg‘on, qand-qurs olib 
keldi. Keta turib: 
— Meni sharmanda qildingiz, — dedi. — Qariganda qorovul bo‘lmay keting. Hamma chollar 
binoyidek uyida kechasi. 
— Javrama! — jerkib berdi Sulaymon ota, keyin o‘zicha hazil qildi: — Nima, yo yolg‘iz yotgani 
qo‘rqasanmi? 
— Voy, suyulmay keting siz! To‘kilib ketay deb turibsiz-ku, boshimga uramanmi? 
— Bo‘ldi, bo‘ldi, jo‘na! — dedi Sulaymon ota gap topolmay. 
Kechasi Xolparang bilan Hakimbek aka kelishdi. Katta paxtalik to‘nni yelkasiga tashlab, miltiq 
ko‘tarib olgan o‘rtog‘iga Xolparang otaning rosa havasi keldi. 
—  Ammo lekin bizni yomon tushirding, — dedi u alam bilan. 
— Kuppa-kunduzi shilding, — qo‘shildi Hakimbek aka. Sulaymon ota ichida ularga achinsa ham, 
sir boy bermadi. 
— Ha, endi yugurganniki emas, buyurganniki. 
—  Omading bor ekan, — dedi Hakimbek aka. — Ertaga chiqasanmi? 
—  Qayoqqa? — tushunmagandek so‘radi Sulaymon ota. 
— Qayoqqa bo‘lardi, choyxonaga-da. Nevaram Abdusattor Andijondan devzira olib kelibdi. 
— Endi bilmadim, bek, — dedi Sulaymon ota salmoqlanib, — xizmatchilik. Bo‘sh vaqt topsam, 
boraman. Bo‘lmasa, uzr. 
Ombor hoblisida nimadir lip etdi. 
—  Hoy! Kim bor? 
Sulaymon ota shunday deb qorong‘ilik ichida g‘oyib bo‘ldi. 
—  Ha... — dedi o‘ylanib Xolparang ota. — Rostakam qorovulning o‘zi. 
— Nimasini aytasan. 
Ikki o‘rtoq hafsalasizlik bilan o‘rinlaridan turishdi. 
Sulaymon ota ertasiga choyxonaga chiqmadi. Indiniga Ham. Qanday chiqadi? Kunduzi uyda, hali u, 
hali bu. Kechqurun omborga yo‘l oladi. Zerikish qayoqda? Shunday, o‘zidan, ishidan ko‘ngli to‘lib 
tuppa-tuzuk yurib turuvdi, qo‘lida miltiq, yelkasida qorovullarning uzun paxtalik choponi, birdan 
falokat — la’nati qaysi kovakda yashirinib yotgan ekan — mahkam yopishdi-qoldi. 
O’shakuni u juda xursand edi: Marusya xola kasalxonadan chiqib, shaharga, o‘g‘linikiga ketibdi. 
Bahorgacha qaytmas ekan. Chol shu xabarni eshitdi-yu, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shilib, boqqa o‘tdi. Piyoz 
o‘tadi, garmdorining tagini chopdi. Keyin pamildorini tayoqchalarga bog‘lay boshladi. Tushlik payti 
nevarasi yugurib kelib qoldi: 
— Katta dada! Sizni Xolparang amakim chaqirvottilar! Fermaga borarmishsiz! 
— Nega? — hayron bo‘ldi Sulaymon ota. — Bekorchi odam fermada nima qilarkan? 
— Bilmadim. Darrov kelsin, dedilar. 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling