Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
132
U fermaga borganda, Xolparang ota poyga uchun boqilib qo‘yilgan otlarning og‘ili yonida eski quti 
ustida chordona qurib o‘tirardi. 
— Ha, uzilib qoldingmi? — so‘radi Sulaymon ota uning og‘zi qulog‘iga yetgan basharasiga tikilib. 
— Ko‘rmayapsanmi? Haydaralining o‘zi tayinladi, — Haydarali kolxoz raisi edi. Sulaymon ota 
kuldi. 
— Ha, endi suv yo‘g‘ida tayammum, — Sulaymon ota shunday dedi-yu, ichida o‘rtog‘iga havasi 
keldi. Har holda bu ish, kechasi bilan qaqqayib o‘tirish emas. Shunday bo‘lsa ham, sir boy bermay, 
kulib ko‘ydi: — Qashlag‘ich ham berdimi? 
Xolparang ota g‘ijindi, lekin janjallashgisi kelmadi. 
— Hammasini berdi, oshna. Supurgi ham bor. Belkurak ham. Tomorqangga endi go‘ng kerak 
bo‘lsa har bitta aravakashga yalinib yurmaysan. Bir aravami, ikki aravami, o‘zim olib borib beraman. 
Yaxshisidan, tillasidan. 
Xolparang ota shunday dedi-yu, oxiri chidolmadi, uzib oldi: 
—  Xafa bo‘lma, oshna, bu senga Marusyaning qorovulxonasi emas, rasmana erkaklarning ishi. 
— Shundoq degin? 
— Ko‘rib turibsan, oshna, ko‘rmassan-ku!.. 
—  Ha, ishing yaxshi, — ma’qulladi Sulaymon ota. — Faqat ehtiyot bo‘l. 
— Nima demoqchisan? 
— Boquvda turgan otlar, bilib bo‘lmaydi, qaysi alvasti ekan bu deb, ikkinchi ko‘zingni ham ishdan 
chiqarishmasin. 
Xolparang otaning chap ko‘ziga o‘tgan yili oq tushgan edi. Shuning uchun o‘rtog‘ining bu gapidan 
ijirg‘andi-yu, o‘zini eshitmaganga soldi. 
— Sani chaqirganim, hozir kelinim osh olib keladi. Devziradan. Biz endi ishlik odam, vaqt yo‘q 
choyxonada yurishga. Yur, seylon choy damlaganman. 
Sulaymon ota o‘rtog‘ining oldidan qorong‘i tushganda qaytdi. Uyda ovqat yemadi. Miltig‘ini 
yelkasiga osib, omborxonaga jo‘nadi. Soat o‘nlarda Mirvosiq ombor darvozasini qulflab uyga ketdi. 
Sulaymon ota ombor hovlisini bir aylanib chiqib, qumg‘on tagiga tarasha qaladi, keyin choy damlab 
ichdi. Ko‘p o‘tmay butun kishloqni jimjitlik qopladi. Shu jimjitlik elitdimi, yo choy achchiqlik qildimi, 
ko‘zlarini uyqu bosdi. Sulaymon ota nimanidir «do‘p» etganini eshitdi. Ko‘zini ochib atrofiga qaradi. 
Hech kim yo‘q. «Mushuk bo‘lsa kerak», o‘yladi chol va yana ko‘zini yumdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tgani 
yo‘q, kimdir bo‘g‘ilib yo‘taldi. Sulaymon ota shoshib o‘rnidan turdi-da, quloq soldi. «Bo‘la qol!» dedi 
kimdir. Ovoz omborning orqasidan eshitildi. Sulaymon ota: «Hoy!» deganicha o‘sha tomonga yugurdi. 
Borib, qay ko‘z bilan ko‘rsinki, ikkita barzangi yigit omborning bo‘g‘otini buzib, burchakdagi 
mashinaning rezinka g‘ildiragini bitta-bitta devordan oshiryapti. 
Sulaymon ota «To‘xta!» deganini biladi, bittasiko‘zi aralash musht tushirdi. Chol gandiraklab 
yiqildi. Yotgan joyida beixtiyor miltiqni yelkasidan olib, qichqirdi: 
— Otaman! To‘xta! 
O’g‘rilarning bittasi devordan sakradi, ikkinchisi ham sakray deganda Sulaymon ota ko‘zini ochdi 
va o‘sha tomonga miltig‘ini to‘g‘riladi. «Varang!» etgan tovush yangradi. Ug‘ri qornini ushlaganicha 
devor tagiga engashdi. 
Ombor hovlisi birpasda qiy-chuv bo‘lib ketdi. Qayoqdandir Mirvosiq paydo bo‘lib qoldi. 
— Yashang, ota! — dedi u. — Anchadan beri qo‘lga tushirolmay yuruvdik. 
— O’q tegdi shekilli? — so‘radi Sulaymon ota hamon boshi lo‘qillab. 
— Battar bo‘lsin! 
Yarim soat o‘tar-o‘tmas rayondan «tez yordam» mashinasi kelib, o‘g‘rini olib ketdi. Shahodat xola 
esa uyqusiragan nevarasini to‘sib, ho‘l paxtani erining ko‘karib ketgan ko‘ziga bosdi. 
Ertasiga butun qishloq Sulaymon otaning uyiga yopirildi. Hamma uni maqtadi. Urtoqlari — 
Xolparang ota bilan Hakimbek aka ham chin yurakdan tabriklashdi. 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling