Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Qo‘shilgan qiymat solig‘ini


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
byudjetga to‘lash va hisob-
kitoblarni taqdim etish mud-
datlari. Hisobvaraq faktura 
va uni to‘ldirish tartibi
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi 
tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini 
qo‘llanilishiga olib keldi
.
3.3.1-jadval 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan 
usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli) 
1999 yilga qadar 
1999 yildan keyin 
№ Ko‘rsatkichlar 
oborot 
qo‘shilgan 
qiymat 
solig‘i 
oborot 
qo‘shilgan 
qiymat 
solig‘i 
1. Hisobot davrida sotib 
olingan xom-ashyo, 
materiallar 
100 20 100 20 
2. Ishlab chiqarishga 
ishlatilgan xom-ashyo, 
materiallar 
50 10 50 10 
3. Tovarlar (ish va 
xizmatlar)ni sotish 
oboroti, ya’ni soliqqa 
tortiladigan oborot 
200 40 200 40 
4. Byudjetga hisoblangan 
soliq summasi 

30 (40-10) 

20 (40-20) 
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta’minladi va 
bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy 
nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq 
summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib 
boriladigan bo‘ldi. 
Soliq solinadigan oborotlar 
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 
soliq solinadigan baza va belgi-
langan stavkalardan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqariladi. 
Byudjetga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi 
bilan hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga 
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun 
bilan:


144
 qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi mikrofirmalar va kichik 
korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi 
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik 
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
 mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy 
hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (4-ilova). 
Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno, 
qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri 
mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-
fakturalar reyestrini taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va 
sug‘urta tashkilotlari mustasno, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-
kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya 
qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar 
reyestrlarini taqdim etadi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
 qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan mikrofirmalar va 
kichik korxonalar tomonidan - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini 
taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
 mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim 
etiladigan muddatdan kechiktirmay. 
Agar korxona hisoblangan soliq summasini byudjetga o‘z vaqtida 
o‘tkazib bermasa, bunday holatda davlat soliq xizmati organlari mas’ul 
xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan 
har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima) 
hisoblashga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma’muriy 
chora qo‘llanilmaydi. 
Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno, 
qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot 
davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 
hisobvaraq-fakturalar reyestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-
fakturalar reyestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 
belgilanadi. 
1998 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi barcha korxonalar va 
tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi 
o‘rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham 


145
tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq fakturani 
to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi. 
Hisobvaraq-faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan 
tovarlarni yuklab jo‘natilishi, ish va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi 
(kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi. 
Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, 
jo‘natiladigan tovarlar bo‘yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda 
soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili, solii to‘lovchining 
identifikatsion raqami va shu kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi. 
Jadvalli shaklni to‘ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak:
1-ustunda - realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, 
ko‘rsatilgan xizmatlar nomi; 
2-ustunda - o‘lchov birliklari (ularni ko‘rsatishning imkoniyati 
bo‘lsa); 
3-ustunda - o‘lchov birligidan (ularni ko‘rsatishning imkoniyati 
bo‘lsa) kelib chiqib hisobvaraq-faktura bo‘yicha realizatsiya qilingan 
tovarlar miqdori (hajmi); 
4-ustunda - shartnoma (kontrakt) bo‘yicha QQSni hisobga olmagan 
holda, QQSni o‘z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan 
narxlar (tariflar) qo‘llanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga 
olgan holda tovar o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narxi (tarifi); 
5-ustunda – realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘i va QQSsiz 
qiymati; 
6-ustunda – aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i 
stavkasi; 
7-ustunda – aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i 
summasi. Aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanmaydigan yuridik shaxslar 
6 va 7-ustunlarda aksiz solig‘ini ko‘rsatmaydilar va «Aksiz solig‘isiz» 
shtampini qo‘yadilar (yoki yozib qo‘yadilar); 
8-ustunda - QQS stavkasi;
9-ustunda - tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchisiga taqdim 
etiladigan QQS summasi. QQS to‘lovchilari hisoblanmagan, 
shuningdek, QQSdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar 8 va 9-ustunlarda QQS 
summalarini ko‘rsatmaydilar va «Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz» 
shtampini qo‘yadilar (yoki yozib qo‘yadilar); 
10-ustunda – tovarlar realizatsiyasi, bajariladigan ishlar, 
ko‘rsatiladigan xizmatlarning, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz 
solig‘ini va QQS hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik 
uchun olinadigan soliqni qo‘shgan holda jami qiymati. Aksiz solig‘i va 


146
QQS hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliqni to‘lovchisi hisoblanmaydigan korxonalar 10-ustunni 
to‘ldirmaydilar. 
Hisobvaraq-fakturaning yakunlovchi satrida 5, 7, 9 va 10-ustunlar 
bo‘yicha summalar jamlanadi. 
Hisobvaraq-faktura rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi 
va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Hisobvaraq-faktura yetkazib beruvchi korxona tomonidan 2 
nusxada to‘ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan tartibda hisobga 
kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‘zida qoladi. 
Ta’kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni 
ko‘rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda 
kassa cheki yoki xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi 
boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda 
qo‘shilgan qiymat solig‘i ajralib turishi lozim.
O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz 
yetkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar 
iste’molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir 
oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-
fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga 
oshiriladi. 
Banklar uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan 
operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‘lib mijoz shaxsiy 
hisobvarag‘idan ko‘chirma hisoblanadi. 
Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-
faktura bo‘lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi 
hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi 
hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini 
to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va 
hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha 
hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‘shilgan qiymat solig‘i 
solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda 
mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini 
ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi 
hujjatlar: 
 sug‘urta korxonalari uchun - sug‘urta polisi; 
 sug‘urta agentlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i 
(agentlik bitimi); 


147

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling