Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
S
QQS (IQTBQ + BBS + AS) x QQS ST ; 100 Bu yerda: S QQS – qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi IQTBQ – import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati; BBS – bojxona boji summasi; AS – aksiz solig‘i; QQS ST – qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi. Quyidagi tovarlarni import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi: jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar; chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar; davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida olib kirilayotgan tovarlar; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) mablag‘lari, shuningdek, grantlar hisobiga yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar; dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan xom ashyo; 149 O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob- uskunalar, shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa; investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk; vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha yog‘och-taxta materiallari va yog‘och. Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‘shilgan qiymat solig‘i bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga qadar yoki u bilan bir vaqtda to‘lanadi. Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda topshirilmasa qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari bojxona deklaratsiyasi topshirish muddati tugagan kundan boshlab hisoblab chiqariladi. Jismoniy shaxslar soliqni bojxona organi posti kassasiga naqd pul yoki naqd pulsiz orqali belgilangan tartibda to‘lashlari mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘langan summalari hududiy bojxona organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular respublika byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun muddat ichida undirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini respublika byudjetiga o‘tkazadilar. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling