Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Import tovarlarga nisba-
tan qo‘shilgan qiymat soli- g‘ini hisoblash tartibi sug‘urta brokerlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma top- shirig‘i hisoblanadi. Ishlar (qurilish, ta’mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham hisobvaraq-faktura yozishi shart. Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi. Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun «Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz» yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin. Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lib, tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasidan ortiq tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy shaxslar ham bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin). Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga muvofiq O‘zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar hisoblanadi. Tovar deganda iste’molga mo‘ljallangan va qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi. Tovarlar importi bo‘yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig‘i summasi (aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar bo‘yicha) kiritiladi. 148 Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i quyidagi formula orqali hisoblanadi: Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling