Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan korxona 
bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan: 
 hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materillar qiymati – 
6500 ming so‘m; 
 hisobot davrida yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymati – 13200 ming 
so‘m. 
Hisobot davri uchun davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlang? 


150
 
2-masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan qayta 
ishlash korxonasi hisobot davrida quyidagi ko‘rsatkichlarga ega: 
 mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 14000 ming so‘m, shu 
jumladan, qaytarib berilishi lozim bo‘lgan taraning qiymati – 2500 ming 
so‘m; 
 beg‘araz yordam sifatida tannarxida 1200 ming so‘mlik mahsulot 
berilgan; 
 olingan jarimalar summasi – 250 ming so‘m; 
 olingan bank foizlari – 100 ming so‘m; 
 korxonaning nomoddiy aktivlari sotilgan - 3000 ming so‘m 
(boshlang‘ich narxi – 5000 ming so‘m, hisoblangan amortizatsiya 
summasi – 3200 ming so‘m); 
 nolikvid xom-ashyo zaxiralarini sotishdan tushgan tushum – 870 
ming so‘m, ularning tannarxi – 750 ming so‘m; 
Olingan hisobvaraq-faktura bo‘yicha to‘langan qo‘shilgan qiymat 
solig‘i summasi:
 xom ashyo uchun – 3200 ming so‘m; 
 ishlab chiqarish inshootlarining ijarasida – 1500 ming so‘m; 
 ko‘rsatilgan uyali aloqa xizmatida – 700 ming so‘m. 
Hisobot davri uchun davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini aniqlang? 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi? 
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ilk bor qaysi davlatda joriy etilgan? 
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishdagi ahamiyati qanday?
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qanday shaxslar to‘laydi? 
5. Qo‘shilgan qiymat solig‘i obyekti nima?
6. Soliqqa tortiladigan oborot deganda nimani tushunasiz? 
7. Qo‘shilgan qiymat solig‘i solish bazasi qanday aniqlanadi? 
8. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi 
qanday? 
9. Nollik stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan 
qo‘llaniladi? 
10. Qanday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan 
ozod qilinadi? 


151
11. Nollik stavka bilan imtiyoz o‘rtasida qanday farq mavjud? 
12. Hisobvaraq-faktura qanday to‘ldiriladi va unda qo‘shilgan qiymat 
solig‘i qaysi bandda ko‘rsatiladi? 
13. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisob-kitobni taqdim etish 
tartibi qanday? 
14. Import tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini solish 
tartibi qanday? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling