Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Aktsiz solig‘ining iqtiso-
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiz solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi 35
Aktsiz solig‘ining iqtiso-
diy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan 152 Aksiz solig‘i to‘lovchi- lar. Soliq obyekti va bazasi korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch, mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki iste’molchilar zimmasida bo‘ladi. 3.4.1-diagramma. Aksiz solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi 35 Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. 35 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorlari asosida tayyorlangan. 153 Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi mumkin (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalentida aksiz solig‘i joriy etildi). Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3199-son qarori asosida 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilindi. Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot tushuniladi 36 . Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi: aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: tovarni sotish (jo‘natish); garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun topshirish; 36 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: «Adolat», 2018. 16-modda 154 aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga (muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) munosabati bilan topshirish, shuningdek, oddiy shirkat shartnomasi doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga topshirish, shuningdek, ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga topshirish; ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish; aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish. Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi: aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Re- spublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga; O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bel- gilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida; davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek, grantlar hisobiga 155 yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni import qilishga. aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi qonun hujjatlarida belgilanadi; vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga. Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz to‘lanadigan tovarlar (etil spirti, vino, konyak, aroq, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i, sigaretalar) bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi; aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar (zargarlik buyumlari, kumushdan ishlangan oshxona anjomlari, qimmatbaho metallar, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, paxta tolasi) bo‘yicha realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati; ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha, shuningdek, tovarlar tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to‘lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat; qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga olgan qiymat; aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati. 156 Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to‘lovchida tuzatish kiritiladi: tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda; bitim shartlari o‘zgartirilganda; baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) foydalanganda. Aksiz solig‘i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada ifodalangan o‘lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. Aksiz solig‘i stavkalari va aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. 2018 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari quyidagilardan iborat: Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling