Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
SAHIFALARIDAN OLIB, BIR XIL QIROATDA YOZIB JAM’ QILINISHI VA UMMATNING SHU QIROATGA O’TKAZILISHI
Imom Buxoriy rivoyat qiladilar: Huzayfa bin al-Yamon hazrati Usmon (ikkalovlaridan Alloh rozi bo‘lsin) oldilariga keldilar. (Hijratning 25 yili va hazrati Usmon xalifaliklarining 2 yili). Bu paytda Huzayfa Shom ahliga bosh bo‘lgan holda Iroq ahli bilan Armaniston va Ozarbayjon g‘azotida ishtirok qilayotgan edilar. Shom va Irok, ahllari o‘rtasidagi Qur’on tilovati borasidagi ixtilof Huzayfani dahshatga soldi. U zot hazrati Usmonga: “ Ey amiral- mu’minin, musulmonlar Qur’on xususida yahudiy va nasorolar kabi ixtilof qilmaslaridan burun ummatning holidan xabar oling”, dedilar. Shunda Usmov (r.a.) Hafsa onamizga odam yuborib: «Sahifalarni bizga berib turing, undan nusxa olib, Sizga yana qaytarib beramiz», — dedilar. Hafsa onamiz sahifalarni hazrati Usmonga yubordilar. Xalifa Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr, Said bin Os, Abdurrahmon bin Horis bin Hishomlarga amr qildilar va ular sahifalardan bir necha mushaf qilib, nusxa ko‘chirdilar. Hazrati Usmon sahifalarni Hafsa onamizga qaytarib berdilar. Ko‘chirilgan nusxalardan har bir mintaqaga bitta bittadan mushaf yubordilar. Qur’ondan yozilgan boshqa har xil sahifa va mushaflarni esa kuydirishga buyurdilar. Boshqa bir rivoyatda, Huzayfa Usmonga murojaat etib: «Odamlardan xabar oling, dedi. Hazrati Usmon : «Nima bo‘ldi?» — dedilar. Huzayfa aytdi: «Armanistonda g‘azotda edim, Shom va Iroq ahllari bilan birga edik. Qarasam, Shom ahli Ubay bin Ka’b yo‘lida qiroat qilyapti. Qiroatlarida Iroq ahli eshitmagan narsa chiqib qolsa, Irok, ahli ularni kofirga chiqarayaptilar yoki Iroq ahli Ibn Mas’ud yo‘lida qiroat qilib, Shom ahli eshitmagan biron narsa chiqib qolsa, ular Iroq ahlini kofirga chiqarayaptilar». Huzayfa Armaniston g‘azatidan qaytib kelayotganda, unga hamroh bo‘lgan Said bin Osga aytdi: — Ushbu safarim chog‘ida shu narsaga guvoh bo‘ldimki, agar bunga chora ko‘rilmasa, Qur’on to‘g‘risida keyinchalik hech tuzatib bo‘lmaydigan bir ixtilof chiqadi. Said so‘radi: — Qanaqa ixtilof ekan u? — Hums shahridan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular o‘zlarining qiroatlarini boshqa qiroatlardan yaxshi deb, Qur’onni Miqdoddan o‘rganganliklarini aytar edilar. Kufadan bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular ham shunga o‘xshash gaplarni aytib, qiroatni Ibn Mas’uddan olganmiz, derdilar. Basra ahli ham ayni shu da’voni qilmb, ustozlari Abu Muso Ash’ariy ekanligini aytardilar va uning mushafini «Lubobul-qulub» deb ataydilar, deb javob berdi Huzayfa. Kufaga yetib kelganlarida Huzayfa odamlarga bu haqda xabar berdi va ularni o‘zini tashvishga solayotgan voqe’lik bilan ogohlantirdi. Rasululloh(s.a.v.)ning ashoblari va ko‘pgina tobiinlar uning gapiga qo‘shildilar. Ibn Mas’udning odamlari: «Biz ibn Mas’ud qiroatida o‘qishligimizni hech kim inkor qila olmaydi-ku», deganlarida Huzayfa va uning gapini ma’qullaganlarning achchiqlari chiqib ketdi. Ular: “Sizlar a’robiy (sahro odamlari) siz, sizlar xato qilyapsizlar”, deyishdi. Huzayfa esa: “Allohga qasam, agar tirik bo‘lsam, albatta amirul-mu’minin oldiga borib, odamlarni bundan qaytarish kerak ekanligini aytaman”, dedi. Shunda ibn Mas’ud Huzayfaga qo‘pol muomala qildi. Said g‘azablanib, o‘rnidan turib ketdi. Odamlar tarqaldilar. Achchiqlangan Huzayfa Usmon (r.a.) oldilariga borib, o‘zi shohid bo‘lgan ishlarning xabarini berdi: «Men xolis ogohlantiruvchiman, ummatni qutqaringlar»— dedi. Usmon (r.a.) sahobalarni yig‘dilar va ularga voqeani aytib berdilar. Ular bu voqeani katta xavf deb, hammalari Huzayfaning fikrini to‘g‘ri deb, topdilar. («Al-Komil» kitobi 2-jild 55-bet.) Yazid An-Naxa’iydan: “Valid bin Aqaba zamonida masjidda o‘ltirgan edim. Bu Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling