Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

 

BOSH MUSHAF 

 

Hazrati Usmonning o‘zlariga xos bo‘lgan Mushafga keladigan bo‘lsak, u to‘g‘rida 



Shotibiy Molikdan shunday rivoyat qiladilar: «Mazkur Mushaf g‘oib bo‘lgan, u to‘g‘rida 

mashoyixlardan hech bir xabar ololmadik». 

Ibn Qutayba: «Usmon (r.a.) tilovat qilib turib, tepasida shahid bo‘lgan Mushaf, 



Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

keyinchalik o‘g‘illari Xolidda edi, undan so‘ng uning avlodlariga qoldi, ular esa birin-ketin 



olamdan o‘tib ketdilar. Shomning ba’zi mashoyixlari, Mushaf Tus zaminida, deydilar»,—

deb xabar beradi. 

Umar Rizo hazratlari «Qur’on nima?» nomli kitoblarida shunday yozadilar: « Bir 

rivoyatda, Usmon(r.a.)ning xos Mushaflari umaviylar qo‘lida edi, deyilgan. Umaviylar 

Andalusga hijrat qilganlarida uni o‘zlari bilan olib ketgan edilar. Andalusda musulmonlar 

davlati ag‘darilgandan keyin Mushaf Fos (Mag‘rib)ga olib kelingan. 

Ibn Batutaning aytishicha, VIII hijriy asrda u Fosda mavjud edi va unda qon dog‘lari 

bo‘lgan. 

Samhudiy Madina Mushafining Usmon Mushafi emasligi to‘g‘risidagi rivoyatning 

sharhida shunday degan: «Mutaqaddim (avvalgi avlod)larning hech biri u to‘g‘rida zikr 

qilganini ko‘rmadim, ularning rivoyatlari o‘sha paytda Mushafning masjidda bo‘lmaganini 

taqozo qiladi. Hatto, mutaaxxir (keyingi avlod)lardan birinchi bo‘lib tarixni yozgan Ibn 

Najjor asarlarida ham u to‘g‘rida zikr qilinganini ko‘rmadik». 

Barzanjiy hazratlarining «Nuzhatun-nozirin» kitobidagi «Madina tarixi» bobida 

shunday deyiladi: “Hozirgi kunda Madinada mavjud bo‘lgan Mushafni sayyidino Usmonga 

nisbat qilinganini, Al-Matariy va undan keyingilarning Masjidi Nabaviyning o‘rtasida 

bo‘lgan qubbaning birinchi yong‘indan omon qolganligi to‘g‘risidagi rivoyatdan boshqa 

rivoyatlarda uchratmadim”. 

 

SHOM MUSHAFI 

 

Ibn Kasir o‘zining «Fazoilul Qur’on» kitobida (49-bet) «Bugungi kunda Usmon 



Mushaflarining eng mashhuri Shomdagi Damashq jome’ining shark tomonidagi xonada 

saqlanayotgan Mushafdur. U qadimda Tabariyya (Tiveriada) shahrida edi, so‘ngra, 

taqriban 518 yilda Damashqqa olib kelingan. Men uni ravshan siyoh va chiroyli husni xat 

bilan teriga yozilgan katta, ulug‘ kitob ekanligini ko‘rdim. Bu tuya terisi bo‘lsa kerak, 

vallohu a’lam»,— deb yozadi. 

Mavlono Shibli Nu’moniy o‘zining «Tahzibul-axloq» kitobida shunday deydi: «Abul 

Qosim Sabtiy Shom Mushafini 657 yilda umaviylar jome’ining xonasida ko‘rgan. 

Shuningdek, Ibni Abdulmalik uni 725 yilda ko‘rgan edi». 

Ba’zi tadqiqotchilar bu (shomiy) Mushaf bir qancha muddat Peterburgda Rusiya 

podshohlari qo‘lida bo‘lib, so‘ngra Angliyaga olib ketilgan, keyingi taqdiri nima bo‘lganini 

hech kim bilmaydi, degan fikrga moyillik bildiradilar. Kimki qo‘lyozma mushaflar va ular 

haqida biror manba’ga ega bo‘lgan kutubxonalar to‘g‘risida chuqurroq ma’lumot 

olmoqchi bo‘lsalar, Shufan kitobining 10jildiga murojaat qilsin. ( Professor Subhi Solih. 

«Mubohasot fi ulumil-Qur’on» (Qur’on ilmlari to‘g‘risida bahslar), 103bet.) 

 

BASRA MUSHAFI 

 

Ibn Batutaning sayohati to‘g‘risidagi kitobda Basra shahri haqida shunday satrlar 



bor: “Basra shahrida Ali ibn Abu Tolib masjidi bor. Bir paytlar u shahar o‘rtasida bo‘lib, 

hozirda markazdan ikki mil (1 mil750 metr) uzoqlikdadir. Unda jum’a namozlari o‘qiladi 

va ikki jum’a orasida yopiq bo‘ladi. Mazkur masjidda Usmon (r.a.) tilovat chog‘ida qatl 

etilganlarida qonlari tomgan Mushaf saqlanadi”. 

Shahobuddin Marjoniy Qozoniy hazratlari, qiroatlar xususida tasnif qilganlarning 

birinchisi Abu Ubayd Qosim bin Sallom Bag‘dodiydur, ikkinchisi Ahmad bin Jubayr Kufiy, 

deydilar. Qiroatlar xususida har bir yurtdan bittadan imomni sanab beshtaga 

yetkazganlar. Bular aniqlangan Mushaflar soniga muvofiqdur, chunki boshqa ikki Mushaf 




Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

to‘g‘risida hech qanday xabar eshitilmagan.( “Vafiyya”ning muqaddimasi, 2-bet.) 



 


Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling