Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

(8696 h.) davrida, arab tili ona tillari bo‘lmagan ajam qoriylari ko‘payib, noto‘g‘ri talaffuz 



tufayli odamlarning qiroatni tushunmay qolish hollari ziyodalashganda amalga oshirildi. 

Ular «jim», «ho» va «xo»; «yo», «to» va «so»; «sod»va «zod»; «to»va «zo»; «sin» va 

«shin» kabi shakli o‘xshash harflarni birbiridan ajratishda qiynalar edilar. 

Ibn Xallikon «AtTashif» (Noto‘g‘ri talaffuz) kitobida Abu Ahmad Al-Askariydan 

shunday hikoya qiladilar: “Odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik bin Marvon 

zamonigacha Usmon Mushaflarini o‘qishda davom etdilar. Iroqda noto‘g‘ri tallafuz qilish 

ko‘payib ketgandan keyin, Hajjoj o‘z kotiblarini chaqirib, ularga shakli o‘xshash harflarni 

birbiridan ajratish uchun belgilar ishlab chiqishni buyurdi. 

«Aytishlaricha, Nasr bin Osim bu vazifani o‘z zimmasiga oldi va nuqtalar qo‘yishni 

odat qildi» (Marokkoda chiqadigan «Al Lisonul-arabiy»( «Arab tili») majallasi, 43-bet. 6-

son, 1388 y.h.). 

U nuqtalarni bitta yoki ikkita qilib, harfning ustiga yo tagiga qo‘ydi. Nuqtalar harf 

bilan bir xil siyohda yozilar edi, chunki ular harfning bir bo‘lagi, deb sanaladi. Bundan 

kelib chiqadiki, arablar nuqta va harakat belgilarini hijriy birinchi asrning ikkinchi 

yarmidan, ya’ni umaviylar zamonida ishlata boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat 

belgilarini va Nasr bin Osim nuqtalarni ixtiro qilmaguncha, ular arab yozuvida mavjud 

emasdilar. Johiliyatdagi yoki hijriy asrning birinchi yarmidagi asarlarda harflar nuqta va 

harakat belgilari, shuningdek, tovushni qisqa va uzun cho‘zish (madd) alomatlaridan holi 

edi. Payg‘ambar (s.a.v.)ning maktublari (ularni yozishda kotiblar o‘zlarining yozuv 

san’ati va tajvid bobidagi bor mahoratlarini ishga solar edilar, chunki, ular payg‘ambar 

(a.s.) dan podshohlarga, amiru umarolarga yuborilgan bo‘lib, o‘z vazifasini to‘la ado 

etishi uchun xati aniq va harflarning shakli to‘liq bo‘lishi kerak edi) ham nuqta va 

belgilarsiz edi. Usmon Mushaflarida ham ular yo‘q («Muxallafotur-rasul» 124bet. ) 

Uch harakat belgilari (i’jom)ni esa Abbosiylar davrining boshlarida yashagan arab 

tili fanining ustozlaridan biri Xalil Ahmad Farohidiy (vafoti 170 h va 786 m.y.) yo‘lga 

qo‘ydi. 


Bayhaqiy «Shu’abul-iymon»da yozishlaricha, Usmon Mushaflari keyinchalik 

tilshunos (nahviy) lar tomonidan ishlab chiqilgan imlo qoidalaridan farq qiladigan, o‘ziga 

xos shaklda yozilgan. Bu farq olti joyda namoyon bo‘ladi: hazf (yozuvda biror narsani 

tushirib qoldirish), ziyoda (qo‘shimcha), hamza (arab tilida o‘ziga xos tovushni 

ifodalovchi belgi), ibdol (bir harfni yoki so‘zni ikkinchisi bilan almashtirish), vasl (birini 

ikkinchisiga qo‘shib o‘qish), fasl (birini ikkinchisidan bo‘lib o‘qish) belgilari va ikki xil 

o‘qilishi mumkin bo‘lgan joylar. Isloh natijasida bir xil qoidaga muvofiq yozuv paydo 

bo‘ldi. Natijada Qur’onning xati muqoyasa qilinmaydigan, o‘zgartirilmaydigan, ixtilof 

qilinmaydigan va unga qat’iy amal etiladigan yozuvga aylandi. Bu qoidalarni bilish 

Qur’onga taalluqli ilmlarning biridir. 

 


Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling