Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 kattalashtirilgan tasviri har yer-har yerida xuddi yulduzlar singari porlab turgan to‘q-qizil duxoba parda ham, suflyor budkasi ham, hattoki tomoshabinlar ham bor emish. Nikonor Ivanovichni hayron qoldirgan narsa shu bo‘libdiki, hamma tomoshabinlar bir jins vakili — erkaklarmish, buning ustiga, negadir, hammalari soqollimish. Yana zalda bironta ham stul yo‘qligi, tomoshabinlarning yaraqlatib artilgan silliq polda o‘tirgani uni taajjubga solibdi. Nikonor Ivanovich bu ulkan notanish jamoa davrasida o‘zini o‘ng‘aysiz his qilib, bir oz vaqt qimtinib turipti-da, so‘ng hamma qatori u ham xirs-mirsday keladigan bir mallasoqol odam bilan hammayog‘ini tuk bosib ketgan rangpar bir grajdanin o‘rtasiga, parket polga chordana qurib o‘tiripti. Lekin hech kim bu yangi tomoshabinga parvo ham qilmapti. Shu mahal mayin qo‘ng‘iroqcha sadosi eshitilib, zalda chiroq o‘chipti, parda ochilib, charog‘on sahnada kreslo, ustiga oltin qo‘ng‘iroqcha qo‘yilgan stolcha va to‘rda qora duxoba parda ko‘rinipti. Yon tomondan sahnaga soqol-mo‘ylovi silliq olingan, sochining o‘rtasidan farq ochilgan, egniga smoking kiygan istarasi issiq yosh bir artist chiqipti. Tomoshabinlar jonlanishib, sahna tomonga o‘girilipti. Shunda artist budka yaqiniga kelib turib, kaftlarini bir-biriga ishqab: —O‘tiribsizlarmi? — deb so‘rapti mayin bariton ovoz bilan va jilmayib zalga qarapti. — O‘tiribmiz, o‘tiribmiz, — deb baravariga javob qilishipti zalda chiyillagan va do‘rillagan ovozlar. — Hm... — depti o‘ychanlik bilan artist, — tavba, jonlaringga tegmadimi-a, hayronman? Aqli raso odamlar hozir bahor oftobidan, iliq havodan bahra olib, ko‘chalarda sayr qilib yurishipti, senlar bo‘lsanglar, bu yerda, qoq yerda dimiqib o‘tiribsanlar! Nahot, programmamiz shu qadar qiziqarli bo‘lsa? Darvoqe, har kimning didi har xil bo‘ladi, — deb faylasufona yakunlapti so‘zini artist. Keyin u ovozining tembrini ham, ohangini ham o‘zgartirib, yangroq ovoz bilan sho‘x ohangda e’lon qilipti: — Shunday qilib, programmamizning navbatdagi nomerida uy boshqarmasining raisi va parhez oshxonasi mudiri Nikonor Ivanovich Bosoy sahnaga chiqadi. So‘raymiz, Nikonor Ivanovich! Artistning gapini zal gulduros qarsaklar bilan kutib olipti. Hang-mang bo‘lib qolgan Niko-nor Ivanovich baqrayib qolipti, konferanse esa sahna oldidagi chiroqlardan ko‘zini kafti bilan to‘sib, zalda o‘tirganlar orasidan uni axtarib to-pipti-da, muloyim jilmayib, barmog‘i bilan uni sahnaga imlab chaqiripti. Shunda Nikonor Ivanovich qanday qilib sahnaga chiqib qolganini o‘zi bilmay qolipti. Uning ro‘parasidagi va oyog‘i ostidagi chiroqlarning rang-barang shu’lalari ko‘ziga tushgan hamonoq tomoshabin to‘la zal zulmat qa’riga cho‘kib g‘oyib bo‘lipti. — Qani, Nikonor Ivanovich, bir o‘rnak ko‘rsating-chi, — depti dilkashlik bilan yosh artist, — valyutani topshiring. Butun zal sukutda emish. Nikonor Ivanovich bir xo‘rsinib qo‘yib, ohista gap boshlapti. — Xudo ursin, agar... U aytmoqchi bo‘lgan gapini aytib ulgurmasdan butun zal qahru g‘azab bilan shovqin sola boshlapti. Natijada Nikonor Ivanovich esankirab jim bo‘lib qolipti. — Fahmimcha, — deb gapira boshlapti programmani boshqarayotgan artist, — siz xudoni o‘rtaga qo‘yib, «valyutam yo‘q» deb ont ichmoqchi bo‘ldingiz, shundaymi? — U Nikonor Ivanovichga hamdardlik bilan boqipti. — Ha, shunday, yo‘q, — deb javob qilipti Nikonor Ivanovich. — Unday bo‘lsa, — depti artist, — beadabligim uchun kechirasiz, siz bilan xotiningizdan o‘zga hech kim istiqomat qilmaydigan o‘sha kvartiraning hojatxonasidan topilgan to‘rt yuz dollar qanday borib qolipti u yerga? — Sehr bilan-da! — debdi shunda kimdir qorong‘i zaldan oshkora kinoya bilan. — Ha, shunday, sehr bilan, — deb qo‘rqa-pisa javob qilibdi Nikonor Ivanovich, lekin kimga javob qilganini: artistgami yo qorong‘i zalgami — bilib bo‘lmapti. Keyin u javobini izohlapti: — Ins-jins, ya’ni katak kamzul kiygan tarjimon tashlab ketgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling