Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 huddi shu savolni kutib turgandek darhol javob berdi. - Qiziqish, honimafandi, qiziqib qoldim. Qiz hayron bo'lib o'yladi:" Ajabo bu kishini nima qiziqtirib qo'ydi ekan". Lekin so'rab ulgurmasdan yigitning o'zi tushuntira boshladi: - Salon qarshisida ko'chada kezinib yurardim. Yo'ldan bir necha ayollar, qizlar o'tib borishar edi. Bari yarim yalang'och kiyingan, yuzlarini pardoz qilib bo'yoqlar tortishgan, faqat siz ulardan farqli ravishda bo'yanmagan hamda o'rangan edingiz. Boshqa ayollar bir daqiqa oldin bo'lsa ham ko'ngil ochishga shoshishar, ammo siz yoningizdagi ayol bilan sekin yurib borardingiz. Ma'zur tutgaysiz, bu orada suhbatlaringiz qulog'imga chaliniz qoldi. Szi yoningizdagi ayolga oyog'ingiz tortmayotganini va to'yga borgingiz kelmayotganini aytdingiz. U esa to'yga borish bilan gunohni bir-biriga aloqasi yo'qligini aytardi. Siz asl vazifangiz bo'lgan - Islomni o'zgalarga tushuntirish, yetkazishni unutib unga ergashdingiz. Men esa bunday ochiq sochiq to'yda o'ranib olgan ayol nima qilishiga qiziqib qoldim. Shuning uchun bu salonga kirib, sizni kuzatdim. Va qasddan sizni raqsga taklif qildim. Nima qilishingizga qiziqdim. Kelganiga ming bor pushaymon bo'lgan qiz qarshisidagi yigit esli-hushli ekanini angladi. Buning ustiga bu haq so'zlarni eshitgach toqat qilolmadi - ko'z yoshlari oqa boshladi. Ko'zlari bilan to'yga birga kelgan dugonasini qidirardi. U yon tomondan kelib: - Sizga nima bo'ldi jonim. Go'zalim, to'yni rasvo qildingiz, sovutdingiz, hor qildingiz. Sizdaylar ko'ngilhushlikni tushunarmidi? O'tday kelib o'tday ketasizlar. Birozgina madaniyatliroq bo'lsangizchi?! Qaysi asrda yashayapmiz o'zi azizam? Shu zamonda ham kallasiga o'rgimchak uya qurganlar ham bor ekanda. Ko'ngil ochmoqchi edik imkon bermadingiz, - dedi. Asabiylashgan qiz esa: - Menga qara, O'ljoy, emni bu yergaqo'yarda-qo'ymay olib kelganing yetamagidek, endi e'tiqodimizni ham haqorat qilasanmi? -deya baqirdi. - Shu qadar iymonli, so'fiy bo'lsang nega kelding? -dedi unisi. Va nihoyat tortishuv tugadi. Qiz yig'ishtirinib ketmoqqa hozirlandi. Sumkachasini olib kesmin yurdi. Dugonasi O'ljoy bo'lsa qahqaha oti, kalaka qilib qoldi: - Chop so'fiy joynamozingga chop, ko'ramiz! Uyiga yetib kelgan qiz esa honasiga kirib yig'lar, Allohga duolar qilib, mag'firat so'rar, avf tilardi. Tonggacha uhlamadi. Vijdoni qiynab, so'roqqa tutar, tergov qilardi. " Musulmonliging qani! Qani islomiy yashamoqqa va da'vat etmoqqa qilgan qarorlaring. O'ljoy gunohni qaydan bilsin, sen nega unga ergashding? Gunoh ekanligini bila turib nega ko'z yumding. nega qo'l siltading? To'ydagi yigitning so'zlari haq, o'zi haqli edi". Yig'ladi... Namoz o'qib Allohdan kechirim soradi. Allamahal bo'lib ketganinga qaramay qizini uhlamaganini ko'rgan onasi Allohga yolvordi: - Allohim! Menga shunday qiz berding-ki kechaning yarmini isyon bilan kechirdi. Ikkinchi yarmini ibodat ila o'tkazmoqda. Ilohi! Qizimni kechasi ham, kunduzi ham O'zingni yo'lingda yurguvchilardan qil! Ey, Rabbim! Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling