Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]



Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
Amina Shanliko'g'li 
 
VIJDON AZOBI 
 
 
XATO 
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!Allohga hamd bo'lsin! Avvalo 
sevimli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s. a. v. ga olu ashoblariga salotu salom 
bo'lsin. Sizlarning har biringizga ham alohida - alohida salomlarimni yo'llayman. Ismimni 
ochiqchasiga yozishni ma'qul ko'rmadim. Men jurnalingizni o'qib boraman va juda-juda 
yoqtiraman. Modomiki o'quvchilar ibrat olsin deya "Vijdon azobi" nomli sahifa berib 
borar ekansiz, men ham boshimdan o'tga voqeani bildiray, agar lozim topsangiz 
yoritarsiz. Har kim ham menday hato qilishi mumkin. Buni yozishimdan maqsad, 
boshqalar - yoshlar johil musulmonlar men qilgan hatoni qaytarmasinlar, bu voqeadan 
ibrat olsinlar. Hali sakkiz yoshga to'lmasdan - men erkatoyini go'zal joylar - kengliklarga 
qo'yib yubordilar. Lekin bu kengliklarni o'z vahshiylari va bo'rilari bor ekan... . Men ham 
bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich 
maktabga - Turkiyaga jo'natdilar. Turkiyada ikkinchimi, uchunchimi sinfda 
o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida 
va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti. Hali go'dak 
bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim. Oradan yillar o'tdi. O'n oltiga to'ldim. Unga 
bunga aqlim yeta boshladi. O'sha dahshatli kun yodimga tushib doktorga bordim. Men 
cuhun isnod bo'ladigan holni eshitib haqiqatni anglab yetgach:" Rabbim, o'lar bo'lsam 
o'lib bo'ldim, bundan ko'ra jonimni olsayding, yashamasaydim!" - dedim. Ko'zlaimdan 
yoshlar oqar, dugonalarimning tasalli berishlari ham meni ovutolmas edi. Endi 
uyimdagilarni yuziga qanday qarayman. Vijdon azobidan ezilar, oshkoru pinhon faryodu 
fig'onlar qilardim. Qiyomat kuni mahshargohda Yratgan Egam huzurida gunohlarim 
qancha, bilmayman. Ayting, men fohishamanmi yoki bechora qurbon? Yo butog'idan 
yulingan aybsiz gul? Allohim meni avf etarmikan? Men o'sha payt hech narsadan 
habarsiz, ma'sum go'dak edim, Aziz o'quvchilar, mening bu muhtasar, ammo achchiq 
hatot qissamdan hissa chiqarsinlar, ibrat olsinlar, yosh farzandlarini o'zga yerlarga 
yubormasinlar, yolg'iz va qarovsiz qoldirmasinlar, deyman. Menga ham kelajakda kimdir 
turmush qurishni yaklif etar, tabiiyku, unda javobim "yo'q" bo'ladi. Yana sizlardan 
so'rayman: endi ne qilaman? Uydagilar hanuz ahvolimdan habarsiz, bilsalar qay holga 
tushaman? Boshi berk ko'chaga kirib qoldim, chiqmoqqa intilaman. Qutila 
olarmikanman? Kelajak naslni pok tarbiyalamoqchi onalarga maslahatim - 
farzandlaringizni bu zaharli oynai jahonda nari tuting, ehtiyot qiling! Men olti yoshimda 
uydagilar uhlagach, ekran qarshidida yarim tungacha o'tirar va razolatni tasvirlovchi turli 
filmlarni tomosha qilar, ba'zi narsalarni o'rganar va ashulachi bo'lishni orzu qilardim. 
Uyning burchagidagi bu to'rtburchak ofat meni shunday zaharlab qo'ydi. Biz har kun 
ko'radigan va odatda o'ziga tortadigan narsalardan o'rnak olamiz va oqibati shunaqa 
hunuk bo'lib chiqadi... Gapni cho'zib boshingizni qotirib yuborganim uchun sizlardan uzr 
so'rayman. Olmoniyadan, noma'lum mushtariyingiz X. Sh. Aloh rozi bo'lsin.
Javob: Muhatarm singlim! Maktubingizni o'qib ancha mayuslandim. Boshingizdan bir 
bor bunday voqea o'tibdi. Afsus buni ortga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, 
kechmishni emas, kelajakni o'ylash kerak. Bu hodisa norasidalikda o'tgani uchun sizning 
aybingiz yo'q, siz yomon ayol ham emassiz. Johil jamiyatning qurbonisiz. tortinmasdan 
buni onangizga tushutiring yoki buni boshqalar orqali buni yetkazing. Sizni kelinlikka 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling