Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


BIR QIZNING ACHCHIQ QISMATI


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

BIR QIZNING ACHCHIQ QISMATI 
Men 15 yoshimgacha Turkiyada edim. Olmoniyada opam bor edi, ishlardi, bolalariga 
qarashim uchun meni chqirdi. Ikki uch yil bolalariga qaradim. Yoshim 18 chiqdi. Meni 
turmushga berishni o'ylashardi. Men har doim Allohga:" Yo Rabbiy! menga hoji kishini 
nasib et", - deya duolar qilardim. U paytlar opam ham pochcham ham Islomdan hech 
narsani bilmas yoki bilsalar ham amal qilmas edilar. Men ham ular kabi yashardim. 
Turkiyada paytimda onamdan o'rganib namoz o'qir. ramazonda ro'za tutardim. O'sha 
paytlar ochiq edim, hech kim o'ranib yur demasdi. Meni jome'ga yuborishmasdi. Meni 
so'rab kelganlar bo'lardi, biri yahshi, biri yomon. Ya'ni yomon deganlar o'ziga bino 
qo'yganlar edi. O'zimni hali yosh deganim uchun turmush qurishni istamasdim. Yana bir 
gal sovchilikka kelishdi, opam meni ularga berdil;ar, men unchalik istamadim, ammo 
nomi hoji ekanini bilib biroz ilidim. Fotiha qilindim, ikki oydan keyin to'yimiz bo'ldi. 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Daslab yahshi yashadik, qizli bo'ldik. Qizim ikki yoshga kirdi. Yangi uyga ko'chib o'tdik. 
Qo'shnilarning ko'pi musulmonlar edi. Bir-birimiznikiga kirib-chiqib, bordi-keldi qilib 
turamiz. Men ham ularga o'hshab ro'mol o'rab yurishga qarorqildim. Erim avval janjal 
chiqardi. Boshimni o'rashim bilan urdi, kosa-tovoqlarni, billurlarni men tomon uloqtirib 
sindirar, o'zimni ko'chaga haydardi. Ba'zan uyga qo'ymas, qizim bilan yerto'lalarda tong 
ottirardik. Meni majburan boshyalang ko'chaga sudrab chiqardi. Ikki yil tinmay tayoq 
yedim. Ba'zan nafsidan aqli ustun turar, meni hech urmaganday tutardi o'zini. Yana 
homilador bo'ldim. "Agar o'g'il bo'lmasa, tug'ruqhonada o'ldiraman!" derdi. Men esa 
Allohga duolar qilardim. "Allohim menga o'g'il ber, balki erim insofga kelar, jome'larga 
borar" deya yolvorardim. Undan yashirib namozimni o'qir, agar bilib qolsa, meni avf 
eting, boshimdan siyardi. Shukrki, bir o'g'il ko'rdim. Endi o'g'illi bo'ldik. Erim yahshi 
bo'lib qolar derdim, ammo aksincha yanada telbalashdi. Kechlari uyga kelmas, 
qahvahonalarda ichib qolar, qimor o'ynar, uyga biror ayolni boshlab kelib qolishidan juda 
qo'rqardim. Ramazonda biror marta ham uyda iftorlik qilganim yo'q. Qo'shnilarnikiga 
chiqardim. Bir qo'shnim bor edi, Alloh ulardan ming karra rozi bo'lsin, menga ko'p 
yordamlari tegdi. saharlik deganimiz mog'orlagan nonni suv bilan yarmini yeyish edi, 
yarmini o'g'limga qoldirardim, u hali kichik edi. Qizim 4 yosh edi, ba'zan o'zi ro'za tutar, 
ba'zan men tutishini s'rardim, chunki uyda baribir yeyishga hech narsa yo'q edi. Bir kuni 
iftorlik yaqin qolganida sho'rva qaynatdim, qo'shnimiz ham ovqat chiqargandi. Bolalarim 
bilan iftorlik vaqtini kutardik. Erim kelib qoldi, uyga kirib iftorlikni kutayotganimizni 
ko'rib qozonga sigareta kullarini, cho'plarnito'ldirib suprindi joyiga to'kib yubordi. Yana 
avvalgiday kosa tovoqlarni boshimga otdi, bizni ko'chaga quvdi. Bolalarimni olib 
qo'shimnikiga bordim, yangidan dasturhon hozirlandi, Alloh bergan nasibamizni yedik. 
Keyin barchamiz jome'ga bordik. OPam bu ahvolimni bilsa ham yordam bermasdi. Bu 
ham yetmagandek ustiga ustak:"O'zing pishirgan oshaylanib ham o'rgilib ham o'zing 
ich!" derdi. Erim qimorda yutqazib kelib alamini mendan olardi. Bir tiyin qoldirmas 
hammasini qimorda yutqazardi. Men o'ranganimga qaramay, bir ish topib ro'zg'or 
yuritish majburiyatiga qolgandim. Oyligimni olgan kun uyga kelib urib pulimni olardi. 
Sabr qilishga kuchim qolmadi. Polisga sim qoqdim, polislar keliberimga:"Yana hotiningni 
ursang uyingdan haydaymiz" derdilar. U:"Bo'ldi endi urmayman" deb qutulib qolar, ikki 
kun tinchlanar, uchinchi kun yana urishni boshlardi. Shu tariqa to'rt yarim yil o'tgach, 
yegan zarbalarim natijasida ruhiy kasalikka chalindim. U bo'lsa ishhonasidagi fotihali 
qizni yo'ldan urib u bilan yashay boshladi. Mahkama bizni ajratdi. Bolalar menga qoldi. 
Lekin keyingi Ramazonda umuman aqldan ozib, hammani bezovta qilibman. Jome'ga 
borib namozlarni buzibman. Qo'shnilar meni kasalhonga yotqizishdi. Bolalarni bolalar 
uyiga topshirishdi. Tilimdan hech Alloh kalimasi tushmasdi. Shu qadar telba bo'lganim 
holda tilimdan duo tushmasdi. Kasalhonada bir yarim oycha yotdim. Keluvchilardan 
eshitishimcha erim bilan juftakni roslagan o'sha qiz yana avvalgi unashtirilganiga qochib 
ketibdi. Kasalhonadan chiqdim. Bolalarimni olmoqchi bo'ldim, lekin berishmadi. Har 
oyning 21-kuni ularni ko'rgani boraman. Boshqa kunlar ruhsat berishmaydi. Ko'p 
orzularim bor edi. Bolalarimni bosqichda o'qitmoqchi edim, ularni munosib ustoz, imom 
bo'lishlarini istardim. Ammo... Endi biroz tinchman, namozimni istaganimday o'qiyman. 
Faqat bolalarim yonimda yashasa hotirjam bo'lardim. Ishlashga majbur bo'ldim. 
Istaganimday ro'molda ishga borib kelyapman. Oyda bir bolalarimni ko'raman. Bokira 
singillarim duolarida:" YO Rabbiy! Bizga hayrli, musulmon, Islomga amal qiluvchi, 
bizning ham amallarimizga to'sqinlik qilmovchi juft nasib ayla!" desinlar. Alloh duolarini 
qabul aylasin. Amiyn.
Olmoniya, Z. Y. N. K.


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling