Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
ONAM VA OILAM MENI HAQLI TARK QILDI
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
ONAM VA OILAM MENI HAQLI TARK QILDI
Sizlarga ahvolimni qisqacha bayon qilay. Umid eturmanki, sizlar ibrat uchun yoshlarga yetkazgaysiz. Men vijdon azobi ichra huzursiz hayot kechirmoqdaman. Dardimni bilgan do'stimning tavsiyasi bilan "Maktub" jurnaliga yozmoqdaman. Men qilgan hatoni boshqalar qilmasin, deyman. Onajonim haqlarini o'tay olmadim. Men uchun o'zlarini o'tga cho'qqa urdilar. Meni Qur'on o'qish bosqichiga yo'llab, Alloh yo'lida yurishni istadilar. Menga dunyoning o'tkinchi ekanini anglatishga harakat qilardilar. Lekin men onaizorimning biror so'ziga e'tibor bermadim, qulog'imga olmadim, chunki otam tomonidan onamga dushmanlik tuyg'ulari bilan to'yintirilgan edim. Afsuski, qamoqqa tushib hatoyimni anglaganimga qadar onamni katta dushmanim deb bilardim. Lekin, g'isht qolipdan ko'chgan edi. Onamning yolvorishlariga qaramasdan 15 yoshimda Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li www.ziyouz.com kutubxonasi 12 turmushga chiqdim. Onam ogohlantirgan edilar: - Qo'y, voz kech bu fikringdan, bahrli bo'lin ketolmaysan. Lekin men unga og'ir so'zni aytdim: -Men voz kechsam, unga turmushga siz chiqasizmi? Farzand onaga aytishi mumkin bo'lgan so'zmi shu? Onajonim hafa bo'ldilar. Lekin ulug'lik ko'rsatib, meni avf etdilar. Oqibat esa onam aytganidek bo'lib chiqdi. Turmush zindon bo'ldi. Erim menga kun bermadi. Dunyo ne'matlaridan meni mahrum qildi. Men kun bo'yi uyga qamalib o'tirardim. Erimhatto qo'shilanikiga chiqishga ruhsat bermasdi. Sakkiz yil chidadim. Bo'lmadi. Ajrashdik. Onam:"Qizim, endi men bilan turgin, yonimda bo'l", - dedilar. Bu gal ham onamni tinglamadim. Bittasining yolg'oniga uchib, onamni tark qildim. O'sha ishongan kishimmen tyfayli mo'maygina pulni qo'lga kiritishni, meni islavothonaga sotishni mo'l qo'ygan ekan. Avval meni restaranlarga, ko'ngil ochadigan joylarga olib borib, ko'niktirmoqchi bo'lganini tushunmadim. Meni to'kin sochin hayotga, ko'p pul topishga o'rgatdi. Pulimiz tugagach esa mening imzom bilan ko'ppul topishimiz mukinligini aytdi. Bu qanday bo'lishini tushungach rad etdim. Meni qiynay boshladi. Avval oyoq qo'limni bog'ladi, keyin barmoqlarim orasiga qistirilgan qog'ozlarni yoqdi. Lekin bu bilan cheklanmadi va maqsadiga ham yetolmadi. Oylar o'tgach u jinoyat qildi va menga tahdid qilib o'ziga sodiq qolishimni talab qildi. Nihoyat harob bo'ldik. Hozir men shifohonada suyagimni davolatyapman. Onamga qilgan haqsizligimni tushundim. Uni naqadar ko'pqiynaganimni angladim. Onamning qadrini bilmadim. Lekin u zot meni kechirarmikin? Shuncha razilligimdan keyin ham avf etarmikin? Lekin qamoqhonada shu haqiqatni - dunyo ne'matlari o'tkinchi ekanligini angladim. Hozir faoliyatsizman. To'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi, Islomni o'rgatuvchi Ulug'ni topsam deyman. Allohga qaytishni, Allohdan va onamdan avf so'rashni istayman. Kechirilishni istayman. Yo'qsa umrim azob ichra o'tadi. O'lgucha vijdon azobidan qutulolmayman. Hozir o'lim to'shagidaman. Allohga yolvoraman, avfga sazovor qilmay jonimni olma deyman. Ha... to'g'ri yo'lni anglatgan onamni tinglamadim. juda kech uyg'ondim. Boshqalarning o'z vaqtida uyg'onishlarini hohlayman. Kichikligimda eshitgandim:"Jannat onalar oyog'i ostida!" Afsus bu hadisni qadri vaqt o'tib anglashilmoqda. Oqibatda men o'lim to'shagidaman. Onamva oilam mendan haqli voz kechdilar. Ikki farzandimga esa:"Yomon hotinni bolalari" degan tamg'a qoldirdim. Meni vijdon azobi o'rtaydi. Ammo hayotni orqaga qaytarish mumkin emas. Ahvolim tang, imkonim yo'q... g'oyat holim mushkul. Agar o'lib ketsam, mendan rozi bo'ling, aziz onajonim. Siz ham mendan rozi bo'linglar, bolajonlarim. Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling