Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
10 - Qani chiqing, chiqib keting, bu yerdan chiqing, chiq... - deya yig'lab yubordi. Hozir o'g'limning uyida ekan, butunlay yotib qolibdi. O'g'limni ogohlantiribdi: - Agar uni ichkariga qo'ysang, senga bergan sutimga rozi emasman! Hullas, Malak jon chiqar holda ham meni ko'rishni istamaydi. Nasrin tufayli Malagimga jahannam azoblarini soldim... Vijdon azobidan qutulolmayapman. Allohga:" Jonimni ol", deb yolvoraman. Lekin Allohga Malakka qilgan zulmimning hisobini qanday beraman. Nasrin deb vayron etdim Malagimni... Jigarim eziladi, quvuriladi... Amina qizim! Yozing, mening jirkanch ahvolimni, toki, shahvat deb oilalarini buzayotgan farzandlarimizga ibrat bo'lsin!Sizga yuragimni bo'shatdim. Jurnalda yoritmasangiz ham mayli, biroz tinchlandim. Hech bo'lmasa orqamdan tupuradiganlar topilar. Bolam yig'lab yozdim, qanday yozildi, bilmayman, hatoilarimni tuzatarsiz. Keyin Rajab o'g'limga jo'natarsiz... Jurnalni Malagimga o'qib berar, hech bo'lmasa 30 yil uni deb yig'laganimni bilar. Yozing bolam bu keksa kishini vijdon azobini yozing. Bu shunday vijdon azobiki, bundan ko'ra itday o'lib ketganim bayram edi. Qizim, vaqtingizni oldim, boshingizni qotirdim. Allohga omonat bo'ling. Meni duo qiling. Meni qanday davo tuzatishini bilmayman. Balki siz bilarsiz, men cholga yordam bering... Aminadan javob: Muhtaram ulug'imiz! Og'amiz! Meni yig'latgan "doston"ingizni biroz qisqartirish bilan e'lon qilmoqdamiz. InshaAlloh, Malak honim ham o'qib sizni kechirar, kechirishlari ham kerak... Chunki bu qayg'u alamlar gina adovatlar bu dunyoda ham ohiratda ham foydasiz, aksincha juda zararlidir. Ham nechun avf etmasinlarki, Hazrati Oisha(r. a. )onamiz Rasululloh s. a. v. ni sevganlaridan ham ko'proq sevarmidilar... . Volidamiz o'sha buyuk zotni boshqa volidalarimiz bilan bo'lishardilar, shuni Malak honim ham bir o'ylab ko'rsalar yahshi bo'lardi... . Ko'rardilarki, bu u qadar jiddiy tus beradiganvoqea emas. Ha o'rtada Islom shuuri bo'lmaganda qilingan hato va hiyonat... ammo hatolarni hatto Alloh j. j. kechiradi, agartavba haqiqiy bo'lsa. Sizning hatoyingiz Islomiy yashamaganingiz va Islomni bilmaganingiz oqibatidir. Malak honim hamayni holdalar... Ular Islomni bilib yashasalar, Allohga taslim bo'lib bo'lsalar har yahshilik va har yomonlikni Allohga havola eta bilsalar edi, o'shanday mudhishlikka tushmasdilar. Hech bir narsaga kech qolinmaydi. O'limkelmasdan ko'p narsaga ulgursa bo'ladi. Siz pushaymonsiz, tavba qiling Yaratganga sig'ining... Sizni bahtli qila oladigan sabablarni faqat Alloj yarata oladi. Malak honim ham Allohga sig'inib, Alloh avf etuvchilarga va'da etgan mukofatga erishsinlar. Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling