Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


OH, OLMONIYA SEN MENI KUYDIRDING


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

 
OH, OLMONIYA SEN MENI KUYDIRDING 
Komil bilan turmush qurganimizdan so'ng qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Kichik bir 
honada qaynonam, qaynsinglim, hammamiz birga turar, tunlari shu honaning bizga 
ajratilgan honaga o'tardik. Mashaqqatli, og'ir kunlar edi... Bir nech oydan keyin 
homiladir ekanligimni bilgach, aqlimdan ozguday bo'ldim. Bu qadar kichik uyga, biror 
marta ham dasturhonga ikki hil taom topolmay turganimizda yana bir sherik 
qo'shilmoqchimi... Komil doim taskin-tasalli berardi. "Alloh buyuk... bizning topganimizni 
topolmayotgan, bizdan ko'ra quyin ahvolda yashayotganlar bor, shukr qil, sabr qil... 
"Sabr etmoqqa holim bormidi! Tuzum yetishtirgan, ko'chalarda ulg'aygan qiz edim. 
Komil bilan istirohat bog'ida tanishdik, bir-birimizga ko'ngil qo'ydik, turmush qurdik. 
Ammo bu shartu sharoitlarni bilmas, uyimdagilarga ham biror narsa deyolmasdim. 
Chunki o'zim pishirgan oshni aylanib ham o'rgilib ham o'zim ichishim kerak. Farzandimiz 
tug'ilishiga uch oy bor edi. Bir dugonamning eri Olmoniyaga ishchi bo'lib ketganini 
eshitib, uyga yugurdim. Komil uhlayotgan ekan, shoshib uyg'otdim: 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
- Komil, turing, tez bo'ling! 
- Nima bo'ldi, yov bosdimi?
- Ha, yo'q, ammo muhim gap bor...
- Yurakni siqmay, gapir tezroq.
- Zahro opani eri ishchi bo'lib ketibdi. Ertalab eshitdim. Siz ham borsangiz bo'lardi. 
Farzndli bo'lamiz, bu qashshoqlik, bu iztirobdan qutulaylik, -dedim. Men yiolvorganim 
sari u rad etardi. Hafa bo'lib g'am chekkanim tufayli o'ringa yotib qoldim. Holimga 
achindi. Bir kuni "ho'p" dedi. Ketvchilar ro'yhatiga yozildi. Ikki oydan keyin jo'nab ketdi. 
Bizga undan pul kela boshladi. Menga maktub yo'llab:"Uy olib sizlarni ham keltiraman", 
deb yozardi. Bir yil o'tgach biz ham Olmoniyaga ketdik. Qashshoq kunlarimiz barham 
topdi. Juda boy bo'lmasak-da, turmushimiz juda shirin, go'zal edi. O'g'limiz o'sib borardi. 
Ikkinchi farzandimiz ham o'g'il bo'ldi. Oradan 7 yil o'tdi. Yarim tun edi. Komil ishdan 
kelmadi. Bir joyga uchrab qolgandirda dedim. Telefon jiringlab, havotirli tovush eshitildi.
- Komilbey hozir shifohonada, - deb manzilini aytdi. Yo Alloh! Qanday gap, telba 
bo'layozdim. Tashqariga otildim. Go'yo yo'llar bitmas, zinalar ko'payib borardi ... Komilni 
menga ko'rsatmadilar. U og'ir yaralangan ertaga ko'rishingiz mumkin, - deyishdi va 
qilinishi lozim bo'lgan ishlarni aytishdi. Meni kasalhonada ham qoldirishmadi. To'g'ri 
uyga keldim. Tonggacha mijja qoqmadim. Bolalarga ahvolni biroz bo'lsa ham 
tushuntirdim. Lekin ularni shifohonaga olib bormadim. Ertalab o'zim bordim. Doktor 
yuzimga qarab umidsiz ohangda:"Erngiz o'ldi. Pastda morgda", dedi. O'sha paytdagi 
holatimni qanday izohlayin. Rabbim hech kimni bunday ko'yga solmasin. Hech kim 
bunday musibatni ko'rmasin. O'ngga-chapga chopib, morgni izladim... . Bir mutahasis 
nimani izlayotganimni so'radi. "morg" deyishim bilan meni Komilimni oldiga oilb bordi. 
Komilning ustiga yopinchiq tashlab qo'yishgandi. Qo'llarini esa ko'ksi ostidan bir biriga 
o'tkazib, chalkashtirib qo'yishgandi. Darhol qo'llarini yozib to'g'riladim. "Bu musulmon, 
nasroniy emas", - dedim. Mutahasis menga qaradi. Chunki men musulmon ayoliga 
o'hshamasdim. Erimni ham menday bo'lsa kerak deb o'ylashganmi, unga nasriniycha 
munosabatda bo'lishgan... . Keyin Komilni kiyim-boshini keltirdilar. Qo'l ro'moli, paypog'i 
- hamma narsasi qon edi. Hamyonini ham berdilar, ichida pullari bor edi. Yana bir kishi 
mayda pullarni hisoblab hovuchimga qo'ydi. Men pullarni o'sha yerdayoq sochib 
tashladim. O'sha pullar uchun Komilimdan ajrab qolgandim. Endi bu pullarni nima keragi 
ham bor. Endi bu pullar yuragimni yoqadi, meni kuydiradi. Endi Olmoniya degan so'zni 
eshitsam, yoshlar erim pul topgani safarga ketyapti deyishsa, yubormang, shukr qiling, 
keyin menga o'hshab kuyib qolmang deyman. Hudo ko'rsatmasin, eringizga biron gap 
bo'lsa so'ng vijdon azobida Qiynalmang! 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling