Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc


Download 292.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/73
Sana22.06.2023
Hajmi292.49 Kb.
#1648152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Vijdon azobi [@kitoblar1]

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
so'rab kelganlarga ham vaziyatni ochiq ayting. Zotan, kechmishingizni ochiq aytishdan 
boshqa chora ham yo'q. Bir marta bunday ishni boshingizdan kechirganingiz o'ylab, 
o'zingizni yo'qotmang, endi ehtoyot bo'ling. Boshqa aldanmang. Bundan keyingi 
hayotingizga qarab Islomni o'rganing va boshqalarga ham o'rgating.
BIZ HAM MUSULMONMIZ 
Salon orkestr saslariga to'lgan, gumbur - gumbur, jaz-juz ovozlar quloqni qomatga 
keltirar, hamma raqs tushayotganlarni kuzatar edi. Qizlar eng so'nggi urfda kiyinishgan. 
Bo'yalgan kipriklar, lablar... gul-gul ochilgan olov chehralar... . Bir payt moviy 
yomg'irpo'sh ( kamzul) kiygan bir qiz o'rnidan turib, qarshisida o'ynayotgan dugonasiga: 
- Juda ham isib ketdim, - dedi. Dugonasi esa: 
- Bir daqiqa bo'lsa ham mana buningni yechib qo'y, jomeda emassan-ku ahir
to'ydasan, - dedi. Moviy kamzulli qiz nozik barmoqlari bilan yuzidagi terlarni sidirib 
qo'ydi. Uning oppoq yuzi tobora qizarib borardi. Bir zum qo'llari bilan boshidagi durrasini 
tuzatgan bo'ldi. Lojuvard ipakdan tikilgan bu libos birdan sirg'alib boshidan tushdi, qiz 
nima bo'lganini bilmaganday hurkak holda orqaga qaradi. Bir janob raqsga taklif etardi. 
Hayajonga tushib qolgan qiz shoshib yopinchig'ini yerdan ko'tardi. Changlarini qoqar 
ekan, barcha unga qarayotganini his qildi. Ayol-erkak, yoshu qari unga qarab turishardi. 
Qizning yuzi uyatdan olovdek qizardi. Ne qilarini bilmay qoldi. Yopinchig'ini qayta 
boshiga o'ramoqchi bo'lgan edi hamki... ulani kuzatayotgan bir janob: 
- Attang, shunday go'zal sochlar yashirilsa, ayb emasmi? Gunoh-ku azizam!- deya 
qizga yaqin keldi. Qiz ilk bunday holatga tushib qolganiga uyalib ketdi, juda hijolat 
chekardi. Durrasi bilan boshini va bo'ynini qayta o'radi. Sal avvalroq o'zini raqsga taklif 
qilgan yosh janob: 
- Honimafandim, juda siqilib ketgan ko'rinasiz, hohlasangiz ravoqqa chiqib biror 
ichkilik ichamiz, - dedi. Qiz ortiq chidab turolmadi: 
- Yo'q, beyafandi, men ichkilik ichmayman, - dedi. Yigit sal noqulay tortib, 
hijolatomuz: 
- Nega? Sog'ligingizga to'g'ri kelmaydimi? - dedi. Qiz o'zicha o'yladi:" Mahmadonalik 
qilyapti, tartib-intizomli qiz ekanligimni bilib turib so'raydi-ya". Yigit hanuz taraddudli, 
hayajonli alpozda savoliga javob kutardi. Chekinolmasligini bilgan qiz: 
- Beyafandi, bilsangiz kerak, Islomda mast qiluvchi ichkilik ichish haromdir. Shuning 
uchun ichmayman, - dedi. Yigit esa g'ashga tegar darajada bemalol tarzda: 
- Ichkilikni harom ekanini bilaman, - deb javob berdi. Qiz juda hayajonlandi va biroz 
g'azab aralash qizishib: 
- Demak, bilib turib, meni ichishga taklif qilishingizni qanday tushunish mumkin, - 
dedi.
- Ha, to'g'ri , atay aytdim.
- Nima demoqchisiz? Maqsadingiz nima? - dedi qiz qizishib.
- Ichmaysizmi?! - dedi yigit.
- Mo'mina qizlar ichmaydilar, - dedi qiz.
- Mo'mina qizlar bunaqa to'ylarga ham kelmaydilar. Chunki cholg'u, musiqa 
tinglamoq, raqs tushmoq ham harom ekanligini biladilar. O'ynamasalar ham bunday 
joylargabo'lishning o'ziyoq harom ekanligini ham biladilar, - dedi yigit. Qizning yuzi 
ko'kara boshladi. Ammo gapdan qolgisi kelmadi. Salondagilar ko'ngilhushlikni qo'yib 
ularning tortishuvini tomosha qilishardi.
- Modomiki, Islomni bilar ekansiz, siz bu yerda nima qilyapsiz? - deb so'radi qiz. Yigit 


Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li 

Download 292.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling