Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 BIR OILANI BUZDIK Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq. Faruq Ahmad bilan o'ylab ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi mumkin. Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik. Shod va bahtiyor edik. Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25, men 16, ukam15 yoshda edik. Akamiz ham o'qir ham ishlar edi. Onamiz bir kuni akamizga: - Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi? - dedilar. - Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga: - Yangam bizni och qoldirdi, - derdik. Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz: - Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi. Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga qaragandek qarardik. - Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing, - derdik. Aytmagan yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik. bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga: - Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda, - deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi. Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz... ... . Bir kuni: - Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar? - dedi bizga va yig'ladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga: - Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi, - dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yig'lab: - Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman, - dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi. Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik. Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik. Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik. " InshaAlloh, balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi. Oradan to'rt yil o'tgandi. Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim, men ham insonmanmi? " deb go'dakday yig'lardi. Bursaga bordik. Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk. Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik. Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz. Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda. Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz... Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling