Microsoft Word Yangi texn doc


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Da’vat bosqichida 
– “Asosiy masalalar”, “Muammoli savollar”, “Erkin 
maktub”, “Chalkashib ketgan mantiqiy zanjir” kabi ish turlari; 
Anglash bosqichida - 
 “Muallifga savollar”, “Bilaman, bilishni hohlayman
bilib oldim” grafalarini to’ldirish, “Ikki qismli kundalik”lardan foydalanish; 
Fikrlash bosqichida - 
 “Erkin maktub”, “Erkin esse”, “10 minutli esse”, “Uch 
bosqichli intervyu” va boshqalardan foydalanish tavsiya etilgan. 
Pedagogik texnologiyada o’qilgan matn haqida yozma fikr bildirishdan keng 
foydalanish kerak. Chunki bu jarayonda o’quvchi chuqur va atroflicha o’ylashga 
o’zini majbur etadi. Yozma fikr bildirish o’qituvchining tekshirishni maqsad qilib 
qo’ymasligi, talabaning o’qilgan matnga nisbatan shaxsiy munosabatni ifodalashga 
qaratilishi kerak. Bunda matn mazmuni qayta hikoya qilmay, unga o’z munosabatini 
bildirish shaxsiy bilim va tajriba asosida o’qilgan matnni taxlil etish matndagi asosiy 
g’oya haqida fikr bildirish muhimdir. Shunday qilinganda munozara kelib chiqishi 
fikrlar oydinlashtirilishi mumkin. 
Har qanday yozma ishda mavzu bo’yicha ma’lumot to’plash ularni o’rganish va 
uni to’g’ri bayon etish haqida o’ylash zarur. So’ngra yoziladigan ishning dastlabki, 
(qaralama)nusxasi yoziladi va u qayta o’qib to’g’rilanadi. 
Yozma ishlarni yozishga o’rgatish boshlang’ich sinfdan boshlanib, ta’limning 
barcha bosqichlarida davom ettirilishi foydalidir. Bunda rasmga qarab hikoya 
tuzishdan tortib kurs (diplom) ishi va dissertasiyaga borib yetish mumkin. Xulosa 
shuki, yozma nutq tanqidiy fikrlashga o’rgatishda muhim vosita hisoblanadi. 
Ko’rinib turibdiki, bilim berish jarayonida an’anaviy va texnologik 
yondashuvlarining qiyosiy tahlili hozirgi kun talabiga texnologik yondoshuv mos 


 
116
ekanligini ko’rsatadi. Chunki ta’limga texnologik yondashuv talabalarni fikrlashga, 
mustaqil bilim olishga, o’qituvchi bilan xamkorlikda ishlash, faollik ko’rsatishga 
da’vat etadi. 
O’zaro faol muloqot jarayonida tanqidiy fikrlashish, dars jarayonini jonli 
muloqot va baxslar blan o’tkazish pedagogik texnololgiyaning asosiy talabidir. 
Bunda bir qator  ish usullari mavjudki, ular gurux talabalarining faol ishlashiga 
mo’djallangan. 
Chuqur va atroflicha bilim egallanmagan, mustaqil bilim olishga odatlanmagan, 
bilimning hayotiy ahamiyatini tushunmagan talaba mustaqil O’zbekiston talaba 
etayotgan mutaxassis bo’lib yetisha olmaydi. 
 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling