Microsoft Word Yangi texn doc


Til ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

Til ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko’p 
ma’nolilik va noaniqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini 
tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o’quv fani bo’yicha tajribali pedagog va 
ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan. 
11. Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan 
samarali bo’lishi uchun, ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq 
ayon bo’lmasligi lozim.  Natijasi yarmiga teng (Pq0,5) bo’lgan test topshiriqlari 


 
68
nisbatan samarali hisoblanadi.  Bunday natija o’quv materialini yaxshi o’zlashtirgan 
yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. Shuning 
uchun ham, abituriyentlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun 
test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi 
mumkin bo’lgan darajada tayyorlanadi.  Demak, ma’lum bir yo’nalishdagi testlar 
uchun 50 foizlik natija yaxshi ko’rsatkichdir.  Shuni unutmaslik kerakki, o’z sinfi 
uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon 
bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko’rsatkich maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.  Bu xaqda oldingi mavzuda bayon etilgan.  
12.  To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test 
tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa 
javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez 
anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi.  Bunga aslo yo’l qo’yib 
bo’lmaydi.  
 13. 
Variativlik. O’quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishni 
nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari 
yoki murakkablik darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv materialiga 
tegishli test savollari tuzish mumkin.  Bu bir o’quv maqsadiga erishish yo’lida 
topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). Shu bois 
kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik  xususiyatiga asoslangan. Bunda 
kompyuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko’ra tanlaydi.  
 14. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling