Microsoft Word янги урта масофа


-Bob: SPORT MASHG’ULOTLARINING


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

2-Bob: SPORT MASHG’ULOTLARINING 
PRINSIPLARI 
۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞ 
 
Mashg’ulotlar jarayonini tuzib chiqish va uni amalga oshirishning 
asosini mashg’ulot prinsiplari, tashkil etadi. Pedagogik prinsip - bu 
ilmiy asoslangan, rejalashtirilgan va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan 
sport mashg’ulotlari qonun va qoidalardir. Ularni qo’llash, avvalo, 
inson va uni o’rab turgan atrof-muhit uyg’unligini anglab yetishdan 
kelib chiqadi. Ular bir butun organizmga tana a’zolari va tizimlarit 
o’rtasidagi uzviylikdan, mashg’ulot yuklamalarining sportchining 
funksional va tana moslashishi imkoniyatlariga mos ravishda to’g’ri 
tuzib chiqilganligi, organizm qaytatiklanish uchun to’ldirishlar 
(kompensatsiya) o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklardan kelib chiqadi. 
Mashg’ulotlar davrida qo’llaniladigan eng muhim va hal qiluvchi 
prinsiplarga misol qilib, hartomonlamaviylik, ixtisoslashtirish, onglilik 
va faollik, birin-ketinlik, takroriylik, ko’rgazmalilik va shaxsiyliklarni 
sanab o’tish mumkin. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchi yengil 
atletikachilar mashg’ulotlarida sanab o’tilgan prinsiplardan birini 
alohida ta’kidlash nisbiy qabul qilingandir, chunki bu prinsiplarning 
barchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular birgalikda 
yagona tizimni tashkil etadilar. Murabbiy tomonidan bu 
prinsiplarning barchasini bilish va ularga rioya qilish majburiydir, 
chunki bu prinsiplar ta’lim, tarbiya va malaka oshirishning yagona 
jarayoniga xos bo’lib ulardan ongli ravishda keng qamrovli 
foydalanish muhimdir. Bundan tashqari ularda yengil atletikachilarni 
tayyorlash qo’llaniladigan boy va ilg’or tajribalar mujassamlashgan. 
 
2.1. HAR TOMONLAMAVIYLILIK PRINSIPI 
 
Bu prinsip o’rta va uzoq masofaga yuguruvchi sportchilarni 
tayyorlashda har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Ya’ni 
irodasining yuqori darajadagi sifatini, jismoniy qobiliyatlarini 
rivojlantirishni, yurak-tomir, nafas olish va qon aylanish tizimlarini 
ishchanligini oshirishni, o’z harakatlarini boshqarishni ta’minlaydi. 
Hartomonlamaviylik prinsipi organizimning barcha tizimi va 
a’zolari, ruhiy va fiziologik faoliyatlari o’rtasidagi aloqani yo’lga 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 41 ~ 
qo’yishda ko’maklashadi. Mashg’ulotlar ta’siri ostida organizim 
a’zolari va tizimlarining u yoki bunisida yuz beradigan turli xil va 
ko’p sonli o’zgarishlar, organizmning yaxlit faoliyat olib borishi 
uchun zamin hozirlaydi. Har tomonlama rivojlanish darajasini 
oshirish-sportchining jismoniy tayyorgarligining yuqori darajasiga 
etishida, uning texnik va taktik malakasini yaxshilanishida, hamda 
organizimning tashqi ta’sirlarga chidamliligini kuchaytirishda 
yordamlashuvchi asosiy shartlardan biri bo’lib hisoblanadi. Har 
tomonlama tayyorgarlik va iqtisoslashtirilgan yil davomida to’xtovsiz 
olib boriladigan mashg’ulotlar bilan maqbullashtirish ham hal qiluvchi 
ahamiyat kasb qilishini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir. Yuqori 
sport 
ko’rsatgichlariga 
erishishni 
har 
tomonlama 
jismoniy 
rivojlanishni takomillashtirish va uning negizida asab, yurak-tomir, 
nafas yo’llari kabi tizimlarning yanada qiyinroq va mukammalroq 
yuklamalarga moslashishini, yuqori darajadagi ruhiy-asab va 
fiziologik ta’sirlarga chidamliligini oshirishni rivojlantirishsiz 
tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Hartomonlamaviylik prinsipi ayniqsa 
yosh sportchilar bilan shug’ullanganda muhim ahamiyat kasb etadi. 
V.P.Filin o’zining “Jismoniy tarbiyaning yosh xususiyatlari asoslari” 
asarida ko’p yillik sport mashg’ulotlarining to’rt davrini ko’rsatib 
o’tgan: 
1. Har tomonlama jismoniy rivojlanish uchun dastbabki sport 
tayyorgarligi. 
2. Boshlang’ich sport tayyorgarligi. 
3.Tanlagan sport turi bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan 
tayyorgarlik. 
4. Sport mahoratini oshirish va yuqori natijalarga erishish. 
Faqatgina mashg’ulotlar jarayonini ilmiyllikka asoslangan holda 
to’g’ri tashkil qilib, umumjismoniy tayyorgarlik va asosiy 
tayyorgarlikni muvofiqlashtirib, mukamal texnik-taktik tayyorgarlikka 
erishibgina yuqori sport natijalarini qo’lga kiritish mumkin. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling