Microsoft Word янги урта масофа


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

2.5. TAKRORIYLILIK PRINSIPI 
 
O’rta va uzoq masofada kiruvchilar mashg’ulotlarini tashkil
qilishda takroriylik prinsipi ham hal qiluvchi rol o’ynaydi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 45 ~ 
Prinsipning maqsadi – sportchilar funksional imkoniyatlarini yanada 
takomillashtirish, ular tana azolari va tizimlarida ijobiy
o’zgarishlarini oshirish, tanadagi shartli refleks aloqalarini 
kuchaytirishda takroriy tasir etishning samaradorligini taminlashdir. 
Bu ayrim mashqlar, topshiriqlar, oraliq stikllar bosqichlarda amalga 
oshirilgan harakatlarning takrorlanishiga bo’lgan zaruriyatlardan kelib 
chiqadigan prinsipdir. 
Biroq shuni yodda tutish kerakki, takrorlashlardan bir xillikka 
yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki bir xillik organizmdagi ijobiy
o’zgarishlar jarayonini tormozlasha, organizmning yuklamalarga
bo’lgan tasirini susaytirishi, yuguruvchilarga xos bo’lgan bir xil 
faoliyat bilan uzoq shug’ullanishida samaradorlikning pasayishiga, 
sportchilarga 
monotoniya 
(bir 
xillik 
joyda 
turib 
qolishi, 
o’smaslik)ning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Sportchilarda 
mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqish pasaya boshlaydi, asabiylik, hali 
mashg’ulotlarga kirishmasdanoq toliqish hisi paydo bo’lishi, bulardan 
tashqari monotoniyaning belgilaridan bo’lgan arterial qon bosimining 
pasayishi va natijada ishchanlik faoliyatining pasayishi kuzatiladi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, monotoniyada oddiy harakatlanish 
ko’nikmalari emas, avvallo murakkab tizimlar ko’proq zarar ko’radi. 
Fizialogiya fanidan malumki bajarilgan jismoniy ishdan keyin 
organizmda bir qancha holatlar ro’y beradi, toliqish holati, tiklanish 
holati va yuqori ishchanlikka qaytish holatlari. Har bir holatning 
davomiyligi bajarilgan yuklamalar hajmi va tig’izligiga, sportchinig 
chiniqish darajasigi bog’liq. Mashg’ulotlar jarayonini shunday 
rejalashtirish kerakki, har bir keyingi mashg’ulotni o’tkazish vaqti 
uchinchi holat, yani yuqori ishchanlikka qaytish holatiga to’g’ri 
kelsin. Lekin, bu degani organizm hal qilishi to’liq tiklanmagan 
holatiga maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarni o’tkazmasik kerak 
degani emas, bunday mashg’ulotlar ham samarali rivojlanishlarga
olib kelishi kuzatilgan. 
Barcha hollarda jismoniy mukamallikka erishish – ish va dam
olishning, charchoq va to’g’ri munosibligiga erishishga bog’liq. 
Chunki yuklamalar va hordiq - bir modalning ikki tomonidir. 
Takrorlashlar soni to’planilgan tajribalar, ilmiy xulosalar
pedagogik kuzatishlar, tibbiy nazorat natijalari va sportchining ayni 
paytdagi jismoniy ruhiy holatlaridan kelib chiqib belgilanadi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 46 ~ 
Taniqli russ murabbiyi A.NVorobyov takidlashicha mashg’ulotlar 
quyidagi sxema bo’yicha o’tkazilishi kerak. 
Yuklama - darhol natijalarni aniqlash – o’zgartirishlar kiritish - 
yana yuklama berish. Takroriy prinsipi sportchining nazorat 
yo’naltiruvchi va asosiy musoboqalarda mumkin qadar tez- tez 
ishtirok etishini toqozo qiladi. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling