Microsoft Word янги урта масофа


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

2.6. KO’RGAZMALILIK PRINSIPI 
 
Mazkur prinsip yugurish texnikasiga o’rgatishning boshlang’ich 
davri muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatlar namoyishi, 
kinogramalar ,o’quv kinofilimlari, vidio yozuvlardan foydalanish 
talim jarayonining tezlashishiga, yugurish texnikasini to’g’ri
o’zlashtirishga olib keladi. 
Ko’rgazmalilik sportchida ma’naviy –irodaviy xususiyatlarni 
tarbiyalashda va buning oqibatida organizimning yanada yuqori 
funksional imkoniyatlarni namoyish qilishi uchun ham o’ziga xos 
o’rin tutadi. 
Mahoratli sportchining o’rganuvchi sportchining o’rganuvchi 
sportchiga namunasi yosh sportchiga qiyinchiliklarni engishda, 
mashqlarni aniqroq bajarishda, charchoqni engishda yordam beradi. 
Ko’rgazmaning namoyishi va unda ko’rsatilgan harakatni sportchi 
tomonidan bajarilishini taqqoslash-sportchini tarbiyalash va jismoniy 
mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
2.7. SHAXSIYLIK PRINSIPI 
(individual yondashuv) 
 
Zamonaviy mashg’ulotlar jarayonida shaxsiylik prinsipining o’rni 
juda muhimdir. Sportchiga alohida yondashib, unga ta’lim berish 
uchun uning shaxsini yaxshilab o’rganish talab qilinadi. Bunda uning 
salomatligining holati, ruhiy holati, jismoniy sifatlarining rivojlanish 
darajasini aniqlab olish talab etiladi. Bugungi kunga kelib murabbiylar 
shogirdlikka tanlashdan oldin yengil atletika-sportchining kislorodni 
o’zlashtirishi imkoniyatlari, yurak- tomir va nafas olish tizimi 
faoliyatining rivojlanishi, kislorod tanqisligiga chidamliligi, fiziologik 
va antropologik (insonning biologik tabiati) imkoniyatlari darajasi 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 47 ~ 
kabi ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishga harakat qiladilar. Chunki, 
bu ma’lumotlarga ega bo’lish murabbiyga o’quv mashg’ulot 
jarayonini to’g’ri rejalashtirish imkoniyatini beradi. Sportchi ruhiy 
holati darajasini aniqlash esa murabbiyga uning shaxsiga har 
tomonlama ta’sir o’tkazishning eng qulay usulini qo’llashga yordam 
beradi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha prinsiplar bir-biri bilan o’zaro 
bog’liq bo’lib, pedagogik rag’batlantirish, manfaatdorlik, muayyan 
maqsad sari intiluvchanlik, ijobiy hissiyotlar rang-barangligi, 
mashqlarni bajarishida fikrni jamlash orqali sportchi shaxsini 
tarbiyalashda va uning sport mahoratini mukammal darajaga 
yetkazishda bir butun yaxlitk jarayonni tashkil etadi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 48 ~ 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling