Microsoft Word янги урта масофа


BIRIN-KETINLILIK PRINSIPI


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

2.4. BIRIN-KETINLILIK PRINSIPI 
 
Bu prinsip mashg’ulotlardagi yuklamalarni birin-ketin oshirishni, 
mashg’ulot ilari hajmini va tizimini birin-ketin ko’paytirib borishi, 
bajariladigan harakat vazifalarni murakkablashtirib borishni ko’zda 
tutadi. 
Birin-ketinlik 
prinsipi 
shunga 
asosan 
shakllanadiki, 
organizimdagi tizim va a’zolarning berilayotgan yuklamalarga 
moslashuvi darhol ro’y bermaydi, buning uchun ma’lum vaqt talab 
qilinadi. 
Butun mashg’ulot jarayoni shunday tuzilishi kerakki, yuklamalar 
organizimning ishchanlik faoliyatini oshirsin. 
Shuni yodda tutish kerakki, yuklamalar etarli bo’lmasa sportchiga 
uning nafi tegmaydi, me’yoridan oshiq bo’lsa esa og’ir oqibatlarni 
keltirib chiqaradi. Mashg’ulotlarda sportchilarga yuklama berishni 
oshirib borish har doim ham bir xil bo’lavermaydi. Ayrim hollarda 
samaraga erishish uchun yuklamalarni ko’paytirish o’rniga ularni 
kamaytirish extiyoji tug’iladi. Murabbiylar bu ishni sportchi 
organizmi energiya ta’minotini tiklash maqsadida, yoki bo’lmasa 
ya’nada ko’proq yuklama berish oldidan organizimga dam berish 
maqsadida qilishlari mumkin. 
Mashg’ulot yuklamalarining vaqti-vaqti bilan kamaytirib turishi 
sportchining sport mahoratini oshirish uchun o’z ustida ishlashi uchun 
ham zamin yaratadi. Birin- ketinlik prinsipiga amal qilgan holda 
haftalik, oylik, yillik va ko’p yillik (perspektiv) reja tuziladi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 44 ~ 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, sportchilar tez-tez birin-ketinlik 
prinsipini buzib turishadi. Oqibatda esa avval tayanch- harakat tizimi 
a’zolarida noxushliklar sodir bo’la boshlaydi (muskul va bo’g’imlarda 
og’riq paydo bo’lishi, suyaklarda shamollash kelib chiqishi), 
keyinchalik bu tananing umumiy holatida charchoqning paydo 
bo’lishi. Bu esa natijalarning pasayib ketishiga va sportchida 
mashg’ulotlarga qatnashish istagining yo’qolib borishigaolib kelishi 
mumkin. Demak, birdan sportchining malaka darajasi va mahoratini 
e’tiborga olmasdan turib beriladigan katta yuklamalar samara o’rniga 
ziyon keltirishi mumkin ekan. 
Mutaxassis A.N.Krestovnikov fikricha, organizimga o’qyiladigan 
talablar birin-ketinlik bilan oshirib borilishi kerak,chunki faqat shu 
yo’l bilangina yugurishda bevosita ishtirok etadigan a’zolar bilan 
nafas olish va qon aylanish tizimi faoliyatining birgalikda
rivojlantirishga erishish mumkin. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan
mutanosiblik maksimal kuchni namoyish etish imkoniyatini
beradi. 
Biroq barcha mutaxassislar ham birin-ketinlilik prinsipini qo’llab 
-quvvatlayvermaydilar. Masalan yana bir russ mutaxassisi N.G.Ozolin 
takidlashicha birin- ketinlik prinsiplariga amal qilish ayrim hollarda 
jismoniy mashqlar soddalashib ketishiga, organizm funksional 
imkoniyatlari rivojlanishi kechikishiga sabab bo’ladi. Oqibatda 
sportchining jiddiy ruhiy va jismoniy kurash olib borish qobiliyati
pasayishi mumkin. 
Sanab o’tilgan didaktik prinsiplardan tashqari, amaliyotda 
yuklamalarni oshirib borishning boshqa usullari ham uchrab turadi. 
Mashg’ulot yuklamalarini oshirib borish ko’rsatkichlariga 
quyidagicha 
yondashish 
ham 
mumkin: 
yuklamalar 
hajmini 
mashg’ulotlardan - mashg’ulotlarga doimiy oshirib borish; 
yuklamalarni haftadan - haftaga bosqichma - bosqich oshirish va 3- 4 
haftaga bir haftalik kamaytirish; katta, o’rta va kichik yuklamalarni 
zikzaksimon usulda almashtirib turish. 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling