Microsoft Word янги урта масофа
IXSOSLATISHTIRISH PRINSIPI
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. ONGLILIK VA FAOLLILIK PRINSIPI
2.2. IXSOSLATISHTIRISH PRINSIPI
Bu prinsipi yugurayotganda chidamlilikni oshirish maqsadida tananing ma’lum qismlariga va a’zolariga ko’rsatilishi lozim bo’lgan ta’sirning ongli ravishda yo’naltirilganligini belgilab beradi. Eng yosh O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 42 ~ boshlovchi sportchidan to eng yuqori cho’qqilarga erishishgan mahoratli sportchiga aylanguncha bo’lgan yilni bosib o’tishda yugurish ishlarining hajmi va tig’izlik darajasi tuntazam ko’paytirilib boriladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ixtisoslashtirish prinsipi organizimga jismoniy ta’sirni amalga oshirish maqsadida turli manba va usullardan foydalanishni taqozo qiladi. Ixtisoslashtirilgan yuklamalar tayyorgarlikning ilk mashg’ulotlaridanoq berilishini biologik konuniyatlar taqazo qilishini yodda saqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi, zero pirovard maqsad chidamli va takomillashgan organizim “qurishdir”. Bunda organizimni mukammallashtirish o’rta va uzoq masofalarda yugurish talablariga qa’tiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim. Ixtisoslashtirish prinsipining bosh maqsadi ham, murabbiy va sportchining maqsadlari singari –yuqori sport mahoratiga erishishida eng qulay va eng tez etkazuvchi yo’lni topish va unga erishishdan iborat. 2.3. ONGLILIK VA FAOLLILIK PRINSIPI O’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi yengil atletikachilarning sport faoliyatida murabbiy onglilik va faollik prinsipiga alohida e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Agar mashg’ulotlar jarayoni ongli ravishda tashkil etilgan bo’lsa va o’tkazilsa, har bir sportchi o’z harakatlarining maqsadini anglab etadi. Mashg’ulotlargan kuzda tutilgan maqsad va vazifalarni, ularga erishishda foydalaniladigan usul va vositalar ahamiyatini ongli ravishda his qilish, yengil atletika va taktikaga o’rgatish yanada tezroq va osonroq, samaraliroq chiqishini ta’minlaydi, ruhiy va jismoniy sifartlarni yaxshiroq rivojlantiradi, organizimning fiziologik imkoniyatlarini oshiradi. Mashg’ulotlar jarayoniga ongli va faollik bilan munosabatda bo’lish yugurish nazariyasi va uslubiyoti bo’yicha bilimlarni kengaytiradi; sportchiga mashg’ulotlarda yaxshiroq samaralarga erishishda va sport musobaqalarida omadliroq qatnashib, kerakli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi. Bugungi kunga kelib sport pedagogikasida yangi yo’nalish, ya’ni pedagogik kineziologiya yo’nalishi yuzaga keldi. Pedagogik kineznologiya bu pedagogik asosda qurilgan harakat faoliyatini boshqarish haqidagi ta’limot. Bu yangi yo’nalishning mohiyati harakat O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 43 ~ tuzilishini anglash, harakatlarni ongli ravishda o’z-o’zini boshqarishni diqqatni jalb qilmagan holda faoliyat yuritishini yo’lga qo’yishga erishishdan iborat bu bir vaqtning o’zida yo’naltirilgan harakatlanish, bu harakatlarni chuqur anglash va tushunib amalga oshirishni talab qiluvchi muayyan uslubni ishlab chiqish yordamida yugurish texnikasini yanada yuqori darajaga ko’tarish va uni yangicha talqin qilishni talab qiluvchi yo’nalishdir. Bu yo’nalishdir. Bu yo’nalish haqida dastlabki ma’lumot bergan mutaxassis X.X.Gross bo’lib, u o’zining “Pedagogik kineziologiya –sport pedagogikasi va biomexaniqada yangi yo’nalish” asarida bu haqda batafsil ma’lumot berib o’tgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling