Microsoft Word янги урта масофа
-BOB. MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
3-BOB. MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIK
DAVRIDA MURABBIYNING FAOLIYATI ۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞ Sport mashg’ulotlarining murabbiydan kasbiy yetuklik va pedagogik mahorat darajasi yuqori darajada bo’lishini talab qiluvchi bosqichlaridan biri musobaqa oldi tayyorgarligidir. Bu bosqichda murabbiy o’z faoliyatini sportchini musobaqalarda yuqori sport formasiga erishib etib kelishini ta’minlashga qaratishi kerak. Ma’lumki yuqori sport formasiga erish sport mahoratining rivojlanishining mantiqiy davomidir. Sportchini musobaqalar oldidan yuqori sport formasiga erishtirishning davomiyligi sportchining tayyorgarlik darajasi va malakasiga bog’liq. Masalan III va II razryadli sportchilarga yuqori sport formasiga erishish uchun 20-25 kun vaqt sarflansa, I razryadli sportchilar va sport ustaligiga nomzodlar 7-10 kun mobaynida bunga erisha oladilar. Sport formasi deganda biz sportchining yuqori ishchanlik qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beruvchi harakatlanish fiziologik va ruhiy sifatlarga ega bo’lishii tushunamiz. Murabbiy musobaqalarga 15-17 kun qolganda yuqori yuklamalar berishni rejalashtirishi kerak, bunda nazorat bellashuvlariga alohida urg’u berish lozim. Bu nazorat bellashuvlari o’quv- mashg’ulot sifatida qabul qilinishi va sport formasini “so’nggi cho’qqiga” ko’tarish vazifasini o’tashi kerak. Bu bosqicha musobaqalar yuklamasidan foydalanish zarurdir, chunki bu yuklamalar umumiy nostandart moslashuvlar mexanizmini yaratishi, himoyalanish quvvatini safarbar qilishi, oqsillar parchalanishini oshirishi, murakkab musobaqalar sharoitida ruhiy ishonch va barqarorlikni shakllantirishi ko’zda tutiladi. Asosiy startga 7-10 kun qolganda murabbiy qisqartirilgan uzluksiz mashg’ulotlarni o’tkazishi kerak. Keyinchalik mashg’ulotlar orasidagi dam olishlarni ko’paytirishi va bevosita musobaqalar oldidan esa musobaqada yugurish kerak bo’lgan masofaning uchdan bir yoki chorak qismiga musobaqalar tezligida yugurish mashg’ulotlarini o’tkazish kerak. Shuni yodda tutish lozimki musobaqalarga qatnashish munosabati bilan mashg’ulot yuklamalarini haddan tashqari kamaytirib yubormaslik kerak, bu organizmning tiklanish imkoniyatini to’xtatib O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 49 ~ qo’yishi va maxsus tayyorgarlik darajasini pasaytirib yuborishi mumkin. Yuqori sport formasiga erishishi davrida sportchi salomatligining xolti ham muhim rol o’ynaydi. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar va tabiiy xulosalar shuni ko’rsatmoqdaki, bu bosqichda yengil atletikachilar ko’pincha shamollab qolishlari va oldingi (xronik ) kasalliklari qayta qo’zg’ashi kuzatiladi. Sportchilar yuqori sport formasiga erishishi jarayonida 1-2 kg ga ozishlari ro’y beradi. Murabbiy shuni esdan chiqarmasligi kerakki, muddatidan oldin ozish- lik organizmning qarshilik ko’rsatish imkoniyatlarini pasaytirishi va kasallikka chalinishiga olib kelishi mumkin. Bu davrda organizmni vitamin va oqsillarga boy taomlar bilan oziqlantirish talab qilinadi. O’z kuchiga bo’lgan ishonch, ruhiyatining ijobiy xissiyotlar bilan boyitish sportchining tayyorgarlik darajasining oshishiga xizmat qiluvchi qo’shimcha omillardir. Bu ma’noda murabbiyning ichki sezgisi, uning sport ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi noxushliklarni bartaraf qilish uchun samarali ta’sir ko’rsatish omillarini tanlay bilishi musobaqa oldi tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. Sportchining bevosita musobaqa oldi tayyorgarlik davrida o’z ichki kechinma va xissiyotlarini boshqara olishi juda muhim ahamiyat kasb qilishi barchaga ma’lumdir. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, bevosita musobaqo oldi tayyorgarlik davrida murabbiy oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Yuklamalarni individual rejalashtirishning eng qulay usullarini tanlash. 2. Pedagogik nazorat ko’rsatkichlari tahlilini o’z vaqtida o’tkazish. 3. Sportchi organizmini o’z vaqtida vitamin (darmondori)lar bilan ta’minlashni tashkil qilish, uning to’g’ri ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilishini nazorat qilish va salomatligi holatini doimiy kuzatib borish. Ma’lumki sport formasi shakllanishida jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda ruhiy tayyorgarlikning ham o’rni muhim sanaladi. Yuqori sport ko’rsatkichlarini qayd qilish yuqori texnik tayyorgarlik, taktik fikrlash, ruhiy sifatlar tizimiga ega bo’lish, qayta tiklaish vositalaridan unumli foydalanish hisobiga yuz beradi. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 50 ~ Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling