Microsoft Word янги урта масофа
MASHG’ULOTLARNI DAVRLARGA BO’LIB CHIQISH
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
3.1. MASHG’ULOTLARNI DAVRLARGA BO’LIB CHIQISH
Yuguruvchilarning mashg’ulotlari o’z navbatida, to’rt yilga rejalashtiriladi. Ushbu davr davomida yirik halqaro musobaqalar – Olimpiada o’yinlari, Mintaqalar miqyosidagi birinchilik va boshqalar o’tkazilishi takrorlanadi. Hozirgi vaqtda ko’p yillik mashg’ulotlarni rejalashtirishning asosini mashg’ulotlarning yillik stikli tashkil qiladi. U boshlovchi sportchilarga boshlang’ich musobaqalarda ishtirok etish uchun talab qilinuvchi sport formasiga kirish imkonini beradi, shuningdek voyaga etgan sportchilarda esa – yangi, nisbatan yuqori darajadagi sport formasiga kirish uchun mavjud asoslarni qayta tiklash va yaxshilash imkonini yaratib beradi. Mashg’ulotlarning yillik stikli quyidagi uchta davrga ajratiladi: tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davri. Mashg’ulotlarning tayyorgarlik davri – bu nisbatan davomiylikda amalga oshadi. U olti oyga cho’ziladi: ya’ni, noyabr oyidan aprel oyigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Yuqori sport razryadiga ega bo’lgan sportchilar uchun musobaqalar oktyabr oyining oxirlari va noyabr oyining boshlarida yakunlanadi, u dekabr oyida boshlanishi va iyun oyida tugallanishi ham mumkin. Tayyorgarlik davrining oxirida yuguruvchi sport formasiga kirishi talab qilinadi, ya’ni may – iyun oylarida amalga oshiriluvchi asosiy musobaqalarga tayyor bo’lishi kerak. Sport formasiga erishish ikkita bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, ya’ni umumiy tayyorgarlik bosqichi to’rt oy davomiyligiga ega bo’lib, bunda yosh yuguruvchilarning sport formasiga kirishlari uchnu boshlang’ich asoslar yaratiladi, tajribali sportchilar uchun esa sport formasining qayta tiklanishi va takomillashtirilishi amalga oshiriladi. Ushbu vaqt davomida asosiy sifatlarning – kuch, tezlik va umumiy chidamlilikning rivojlanish darajasini oshirishga qaratilgan katta hajmda turli xildagi jismoniy mashqlar qo’llaniladi. Etakchi sportchilar tomonidan to’plangan tajriba va maxsus amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatishicha, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ushbu bosqichda umumiy mashg’ulotlar vaqtining 60–75%gacha qismini ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 51 ~ Ikkinchi, maxsus tayyorgarlik bosqichida yuguruvchilar sport formasiga kirishi amalga oshiriladi. Bu mashg’ulotlar mashqlarining intensivligi darajasi oshirilishi, maxsus chidamlilikning rivojlantirilishiga yo’naltirilgan yugurishlar va maxsus mashqlarning solishtirma ulushi oshirilishi (60–75%gacha) orqali erishiladi. Ikkinchi bosqichning davomiyligi ikki oyni tashkil qiladi. Tayyorgarlik davrining birinchi bosqichida (noyabr – fevral oylari) asosiy vazifa – umumiy chidamlikni rivojlantirishdan tashkil topgan bo’lib, bunda uning ko’rsatkichi sifatida tinch holatda puls chastotasining sezilarli darajada susaytirilishi (minutiga 50 marta urishgacha va undan kamroq) qayd qilinadi. Asosiy vosita – sekin yugurish, davomiyligi asta – sekin oshirib boriluvchi yugurishdan tashkil topadi. Ikkinchi bosqichning (mart, aprel) asosiy vazifasi – bu umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish va takomillashtirish hisoblanadi. Asosiy vosita – asta sekin tezlik oshiriluvchi va turli xil umumiyliklardagi interval va takroriy yugurishlar, nazorat yugurish (tahminiy chamalab) va musobaqalar hisoblanadi. Tahminiy chamalab va musobaqalar (oyiga 1 – 2 marta) hajmiga ko’ra katta hisoblangan mashg’ulotlar ishlari fonida amalga oshirilib, bunda navbatdagi 2 – 3 kun davomida biroz kamaytirilish qo’llaniladi. Aprel oyi davomida amalga oshiriluvchi mashg’ulotlar tavsiflari ham mart oyidagi kabi ko’rinishga ega bo’lib, faqat bunda zal sharoitidagi umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan ochiq havoda amalga oshiriluvchi mashqlariga o’tiladi. Interval yugurishlar uzoq masofali kesimlar bo’ylab yugurish mashqlari bilan tarkibiy jihatidan to’ldiriladi. Mart va aprel oylari davomida fevral oyiga nisbatan solishtirilganda mashg’ulotlar ishlari 20 – 30%gacha kamaytiriladi, yugurishlar tezligi esa o’sib borishda davom ettiriladi. Musobaqalar davri may – iyun oyida boshlanib, sentyabr oyigacha davom ettiriladi, kuchli yuguruvchilar uchun oktyabr oyida ham amalga oshiriladi. May – iyun oyidagi asosiy belgilangan vazifa – tayyorgarlik davrida o’zlashtirilgan sifatlarni sintezlash, sport formasini mustahkamlash, yuqori darajada mashq qilganlik holatiga erishish hisoblanib, navbatdagi oylar davomida esa – sport formasini yanada takomillashtirish va maksimal darajada yuqori sport natijalari O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 52 ~ ko’rsatkichlariga erishishga intilish vazifasi belgilanadi. Bunda asosiy vazifa – yugurish yo’lagi va ochiq joyda rejalashtirilgan natijalar uchun talab qilingan tezlikda turli xil umumiyliklarda takroriy va o’zgaruvchan yugurishlardan tashkil topadi. Ko’pgina yuguruvchilar uchun mashg’ulotlar ishlari hajmi nisbatan pasaytiriladi va oldin erishilgan maksimal hajmning 60 – 70% ulushini tashkil qiladi. Qo’shimcha mashqlarni ham o’z ichiga oluvchi mashg’ulotlar miqdori bitta – ikkitaga kamaytiriladi. May oyi davomida mashg’ulotlarning bir qismi stadion yugurish yo’lakchasida yoki ochiq joyda amalga oshiriladi, bu holat bevosita yugurish tezligini nazorat qilish imkonini beradi. Navbatdagi oylarda mashg’ulotlar mashqlari miqdori ochiq joyda oshirib boriladi va 800 metr masofaga yuguruvchi sportchilar uchun bu mashqlarning ulushi 40 – 50%ni, 1500 metr masofaga yuguruvchilar uchun esa – 60 – 80%ni tashkil qiladi. Agar, tayyorgarlik davri davomida barcha musobaqalar o’quv mashg’ulotlari sifatida qaralsa, musobaqalar davri davomida esa kamida 2–3 ta musobalar o’tkaziladi, shuningdek kuchli yuguruvchilar uchun 3–4 ta musobaqa tashkil qilinib, bu yil davomida bosib o’tilgan butun ishlarning yakuniy natijalarini qarab chiqish imkonini berishi talab qilinadi. Ushbu nisbatan ma’suliyatli musobaqalar bilan birgalikda har haftalik 3–5 ta turli xil masofalarga start yugurishlari va nazorat yugurishlari tashkil qilinadi. Ma’suliyatli musobaqalar qanchalik yaqin qolgan bo’lsa, amalga oshiriluvchi sinov musobaqalari va nazorat yugurishlar musobaqalari shunchalik qisqa qilib belgilanadi yoki aksincha. Har bir asosiy musobaqa yaqinlashtiruvchi musobaqalar ma’lum bir belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilishi talab qilinadi, ya’ni u yoki bu darajadagi kuch, taktik usular, tezkorlik va marra chizig’iga yaqinlashishda oldinga tashlanish davomiyligi va hakozo holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. 3 – jadval Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling