Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Mikroorganizmlarning umumiy hususiyatlar
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viruslarning morfologiyasiga asoslangan guruhlar
Mikroorganizmlarning umumiy hususiyatlari
107.M.ning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Koʻpgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mogʻor zamburuglari koʻp hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida bakterioxlorofill va xlorofill bor. Koʻpchiligi boʻlinib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib koʻpayadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. M. oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Viruslarning morfologiyasiga asoslangan guruhlar 108.Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "V." termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng V. tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan V. oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi. V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik V. yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim V. (mas., gripp V.) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. V. qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab V. vujudga keladi. V.ning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab V. molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha V. har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling