Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati


Bakteriyalarning sitoplazma va organoidlari


Download 0.75 Mb.
bet3/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1591384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
kuch birlikda

9 Bakteriyalarning sitoplazma va organoidlari
Bakteriyalar (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B.da hujayra pardasi, koʻp miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, boʻlmaydi, yadroning xromosomalari va qobigʻi koʻzga koʻrinmaydi. B. koʻndalangiga boʻlinish (baʼzan choʻzilish yoki kurtaklanish) yoʻli bilan koʻpayadi. B.ning koʻp turi tayoqcha shaklida boʻladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh boʻlmay, har xil yoʻllar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi B., (mas, ipsimon B., azotobakter va boshqalar) koʻk-yashil suvoʻtlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar bilan urugʻdosh; spiroxetalar va boshqa baʼzi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga oʻxshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yoʻgʻonligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm boʻladi. Baʼzan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham oʻtib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi.
10 Koklarning bòlinishi natijasida stafilakokklarning hosil bòlishi
Stafilokokk (yun. staphyle — shingil va kokklar) (Staphylococcus) — Micrococcaceae oilasiga mansub sharsimon bakteriyalar turkumi; S.ni R. Kox (1878 y.) va L. Pasterlar (1880 y.) birinchi boʻlib aniqlashgan. F. Rozenbax (1884 y.) bemorlarning yiringli yalligʻlangan oʻchoqlaridan S.ni ajratib olib, uning biokimyoviy xossalarini oʻrgangan. S. yumaloq shaklda boʻlib, surtmalarda, asosan, uzum shingiliga oʻxshab koʻrinadi. S. harakatsiz, fakultativ, anaerob, grammusbat, xivchin va spora hosil qilmaydi, patogen turlarida mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlar boʻlib, ularning saprofit, shartlipatogen va patogen turlari mavjud. Odam terisi va shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi.S, asosan, havoda, suvda, odam va hayvonlarning normal mikroflorasi tarkibida, patogen turlari mikrob tashuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va ularda kasallik qoʻzgʻatadi. S. organizmga, asosan, teri, havotomchi, chang , alimentar yoʻllar orqali kiradi. Hozirgi S. qoʻzgʻatadigan juda kup kasallik anikdangan. Koʻp hollarda S. ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi.Patogen S. tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va boshqa oziqovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya) kuzatiladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling