Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet106/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

56-rasm. Pnevmokokklar keltirib chiqargan infeksiyalarni mikrobiologik tekshiruv usullari


202


i




Gemoliz xara kteri

Gemoliz
xarakteri

Inulinning pa rchalashi

40%o‘t
saf-ro
eritmasida
erishi

Optoxinga
sezgirligi

Sir. pneumoniae

a

+

+

+

Str. Pyogenes va boshq.

P va a








Musbat reaksiyada pnevmokokk tipiga mos kelgan ezilgan tomchi preparatda pnevmokokkning kapsulasini bo'rtganligi ko'rinadi.
Mikroagglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. Pnevmokokk tipini mikroagglvutinatsiya reaksiyasi orqali ham aniqlash mumkin. Buyum oynasiga 4 tomchi ekssudat olinadi. Har bir tomchiga pnevmokokka qarshi agglyutinatsiyaga uchratuvchi qon zardob qo'shiladi: birinchi tomchiga I tipi, ikkinchisiga 11 va uchunchisiga III tipi, 4 tomchi nazorat bo'ladi. I va 11 tip qon zardoblari 1:10 va III tipi esa 1:5 nisbatda oldindan


203




suyultirilgan bo'lishi kerak. Musbat reaksiyada pnevmokokk tipiga mos kelgan aralashmada agglyutinatsiya reaksiyasi kuzatiladi.
Ajratib olingan kultura antibiotiklarga sezgirligi aniqlanadi va yakuniv javob beriladi.
Bo‘g‘ma (difteriya) qo‘zg‘atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi
Difteriyakasalligi qo'zg'atuvchisining taksonomivasi: Corynebacterium avlodi, Corvnebacterium diphtheriae.
Bo'g'ma ('difteriya) qo'zg'atuvchisi - Corynebacterium diphtheriae. Actinomycetales tartibiga aloqador bo'lib. biror-bir oilaga kirmaydigan Corynebacterium zotiga kiradi.
Difteriya tayoqchalaridan tashqari, bu zotga normal mikroflora vakillaridan bo'lgan soxta difteriya tayoqchasi. Corynebacterium xerosis hamda difteroidlar - Corynebacterium pseudo-diphtheriticum va boshqalar kiradi. Korinebakteriyalar uchun umumiy belgilari: tuzilishining polimorf: spora hosil qilmaydi; kislorod bo'lganda yaxshi o'sadi; xivchinlarini yo'q. Difteriya qo'zg'atuvchisining asosiy biologik belgilaridan biri. uning kasallik patogenezini belgilovchi toksin ishlab chiqarish xususiyatidir. bu xususiyat bilan boshqa difteriodlardan farqlanadi. Kasal 1 ikda mahalliy patologik jarayon odatda tomoqda joylashadi, bo'g'ma qo'zg'atuvchisi terida, ko'zda, jinsiy organlarda ham difteriya kasallikni keltirib chiqarishi mumkin . Laboratoriya diagnostikasi bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar bo'yicha olib boriladi.
Difteriyada tekshirish uchun material olganimizda qo'zg'atuvchini qaysi organlarda jarayonni keltirib chiqarishi bilan bog'liq. Shu bilan bir qatorda tomoq difteriyasi eng ko'p uchraydi. Tekshirish uchun material 2 ta steril paxtaii tampon bilan olinib, biridan surtma tayyorlash, ikkinchisidan ekish uchun foydalaniladi.
Antibiotiklar bilan davolanmasdan turib olinsa ajratib olish foizi yuqori bo'ladi. Olingan material 2 soat ichida laboratoriyaga etkazilishi va ekilishi kerak, agar uni iloji bo'lmasa tampon 5% glitserin yoki fiziologik eritma bilan ho'llab olinadi.
Difteriya qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.

  1. Bakterioskopik usul.Olinadigan biologik ashyo:difteritik parda. tomoq, burun, halqum. vulva, ko'z konyuktivasi va teridan shilliq. Ashyodan surtma tayyorlanadi, ko'rish maydonida to’g'ri yoki biroz


204




bukilgan Gramnmuisbat tavoqchalar yakka-yakka. rimcha V shaklida. 2 chetida granula volyutin donachalari joylashgan. Sporasi yo'q, harakatsiz, mikrokapsulasi bor. Morfologik. tinktorial xususiyatlariga qarab tashxis qo'yiladi (56-rasm).

  1. Bakteriologik usul. Olingan biologik ashyodan selektiv muhitlarga qonli agar, qon - telluritli agar. Klauberg II muhiti, Buchinning xinozolli muhiti. Tinsdal - Sadikov muhiti. Ru. Lefifler, zardobli agar, quyultirilgan qon zardobiga ekiladi. termostatda 37' С da 12-48 soat qo‘yiladi zich oziq muhitlarda S va R-ko'rinishli qoramtir kul rang koloniyalar hosil qiladi, bulonda parda. donador cho'kma hosil qiladi (57-rasm).






Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling