Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet109/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

61-rasm. Geldagi pretsiptatsj .
yA reaksiyasi


Toksinlishtammlarni pretsipitatsiya chiziqlari f
hosil bo'lganligi uchun spetsifik hisoblanib b ° S,.nnineytra,,anis,1,dan pretsipitatsiya chiziqlari hosil bo'ladi. U °ZI<^ mL1hitda spetsifik

  1. Toksinsiz shtammlarning hosil qi|aan _ . . toksinning neytrallanishidan emas, balki mikrob S,£,tats,ya chiziqlari esa zardobi ta’siri ostida hosil bo'lgan pretsipitatsi ^ ,°.S^a ant'Senlarining pretsipitatsiya chiziqlari hisobiga hosil boladi 3 c '•’ziqlarini nospetsifik Sinash uchun ekilgan difteriya kulturasi hanm < j

bo'lsa pretsipitatsiya chizig‘i nazorat uchun ekil 3 Г” t0 S'^en s^tarnm
pretsipitatsiya chizig'iga etib unga ulanadi Sl8enli shtammning
Toksigensiz shtammlarning pretsipitatsiya chb; * 6 3shlaydi.
cbizig'idan keyin uzoqda va 72 soatdan keyin navdn ^rT- sh,anmnlng

  1. Pizu muhiliga sanchib ekilgan ekmada qora - iisar ^л

bo'lsa, bunda tekshiriluvchi materialda difteriya ао^о-яГ"*! ° Vr^ ° daiolat beradi. У
1 g aUlvch,sl bor/igidan
Difteriya profllaktikasida: AKDS - vaksinasi muskul orasiga 2 oylik paytda em ash. qayta emlashlar esa 3. 4. 16 oylik pavtlarda olib boriladi. S-M bilan 7. 16-17. 26. 46 yoshlarda emlanadi.


208




Ko‘kyo*tal qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi Ko'kyo'tal kasalligining qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi:
Bnrcictella avlodi. Borclelella pertussis.

  1. .Bakterioskopik usul. Olinadigan biologik ashyo: balg'am. halqum va burundan shilliq.Ashyodan surtma tayyorlanadi. ko'rish maydonida to'g'ri yoki biroz bukilgan Grammanfiy tayoqchalar bo'lib, mayda. kalta. shaklda. sporasi yo'q. xarakatsiz. mikrokapsulasi bor. Morfolosiik, tinktorial xususiyati o'rganiladi.

  1. Bakteriologik usul. Olingan biologik ashyo balg'am. halqum va burun shiliig'idan maxsus oziq muhitlarga Borde-Jangu muhiti. sut - qonli agar, kazein - ko’mirli agarga ekiladi. termostatda 37:'C da 48-72 soatda qoldiriladi. 71011 oziq muhitda S- ko'rinishli. mayda (1-2 mm) yaltiroq. ehetlari tekis bo'rtgan koloniyalar hosil qiladi. Sof kultura ajratib olinib, identifikatsiya qilinadi. kultural. biokimyoviy xususiyatlariga qarab tashxis qo’yiladi.

3.Serologik usul: Komplementni bog’lash(KBR) reaksiyasi. immuno- ferment analiz (IFA) reaksiyasi. immunollyuoressent usullaridan foydalaniladi.

  1. Teri allergik sinama: 0.1 ml antigen bemorbilagining ichki yuzasidagi teri orasiga yuboriladi va 16—20 soatdan keyin antigen yuborilgan joy 2sm kattalikda qizarsa reaksiya musbat hisoblanadi.

Ko‘kvo‘tal profilaktikasida: AKDS vaksina. muskul orasiga 2. 3. 4, 16 oylik chaqaloqlar emlanadi.
Havo-tomchi infeksiyalarida "Halqum tampon usuli”da ashyo olish.
Tibbiyot xodimi chap qo'lidagi shpatel bilan tiIni bosib. o'ng qo'lidagi stei'il tamponni osi'iz bo'shlig'iga kiritadi. Bunda tampon til. tanglay shilliq qavatlariga tegib ketmasligi kerak. Shilliq, ashyo halqumni orqa devorida o'ngdan chapga qarab 2—3 marta harakat qildirib olinadi va tampon sekinlik bilan og'iz shilliq qavatlariga tegizmasdan olinadi. Olingan biologik ashyo maxsus oziq muhitlarga ekiladi.
Havo-tomchi infeksiyasi sil qo‘zg‘atuvcliisining laboratoriya tashxisi.
Sil kasalligi qo‘zgkatuvchilarining taksonomiy nsi:.VIycobacferiaceae о i 1 as i. А I) ’cobadcrium a v lod i. Л f \ cobacterium tubercul os is. A fycobacterium bо
i'is. Mycobactei ii//?i africcmum.

  1. Bakterioskopik usul: Olinadigan biologik ashyo: balg'am, siydik.




yiring. likvor, tekshiriladi. Ashyodan surtma tayyorlanadi. havoda quritiladi, alangada fiksatsiya qilinadi. Sil- Nilsen usulida bo'yaladi (62-


rasm).





62-rasm.


Sil mikobakteriyalari havorang ko'rish maydonida qizil bo‘lib. to‘g‘ri. egilgan. uzun, kalta shakllarda ko'riladi. Ba’zan ularning oxirlarida kichik shishlar bo‘lib harakatsiz, spora va kapsulalar hosil qilmaydi, polimorf (ko‘p shakllidir). Sun’iy oziq muhitlarda ipsimon va sharsimon ko‘rinishlarda ham uchraydi. Mikobakteriyalami na grammusbat, va na grammanfiy mikroorganizmlar safiga kiritib bo‘ladi. Asosiy bo‘yoqlar bilan bo‘yalganda, ulami hatto yod bilan ishlov berilganda ham, spirt rangsizlantirmaydi. Haqiqiy sil mikrobakteriyalari «kislotaga chidamliligi» bilan ajralib turadi: 3% li HCI kislotasi tutgan 95% li etil spirti (nordon spirt) mikrobakteriyalardan tashqari hamma bakteriyalarni rangsizlantiradi. Kislotaga chidamlilik xususiyati hujayra devorining murakkab tuzilganligiga bog‘liqdir. Morfologik, tinktorial xususiyatiga qarab tashxis qo‘yiladi.
Mikroskopik tekshirishlarda salbiy natija kuzatilganda, bir kun davomida yig‘ilgan balg‘am gomogenizatsiya yoki flotatsiya usullari orqali ishlovdan o‘tkaziladi. Bu sil mikobakteriyalarini bir joyga yig‘ish imkonini beradi, ya’ni boyitadi.


210




Gomogenizatsiya usuli. Bir kecha-kunduz davomida yig‘ilgan balg'amga bir xil me’yorda 1% NaON aralashtiriladi, idish mahkam berkitiladi va 10—15 daqiqa qattiq silkitiladi. Sentrifugada aylantirilgach va kislota yordamida neytrallangach, surtmalar tayyorlanadi va Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.
Flotatsiya usuli. Balg‘am gomogenezatsiya qilinadi va 30 daqiqa davomida suvli hammomda 55°C da qizdiriladi. Keyin 1—2 ml ksilol (benzol), distillangan suv qo'shiladi. 10 daqiqa qayta silkitiladi. Suyuqliklar yuzasida ksilol tomchilariga yopishib qolgan mikroblardan iborat ko'pik hosil boMadi. Bakteriologik halqa yordamida shu ko‘piksimon pardadan surtma tayyorlanadi. Surtma efir yordamida yog‘sizlantiriladi, mustahkamlanadi va Sil-Nilsen usulida bo‘yalib, mikroskop ostida ko‘riladi.

  1. Bakteriologik usul: Tekshiriladigan biologik ashyo Ulengut va Sumiosh bo'yicha (xiorid va sulfat kislata eritmasi) ishlov beriladi. sentrifugada avlantirilib. fiziologik eritmada yuviladi va maxsus oziq muhitlarga Levenshteyn - Yensen muhiti. Petranyani muhiti, kartoshka

  • glitserinli muhiti. Dorse, Shkolnikov muhiti. Soton muhiti. Finn II muhitlariga ekiladi. Termostatda 37°C da 1-3 oy davomida qo'yiladi. zich oziq muhitlarda R-ko‘rinishli. o‘ziga xos aromatik hid taratuvchi. quruq. bujmaygan koloniyalar hosil qiladi.Begona mikroflorani yo'qotish uchun 6% sulfat kislotasi bilan ishlov berilgan patologik material probirkalarda Levenshteyn-Yensen, Petran’yani va Gilberg oziq muhitlarni saqlovchi qiya qotirilgan agar yuzasiga ekiladi. Oksish, odatda, ekilgandan keyin

  1. 4- haftada kuzatiladi.

  1. Biologik usul: Sil infeksiyasiga dengiz cho‘chqalari o‘ta sezgir hisoblanadi. Tekshirilayotgan patologik material 1—1,5 ml hajmida ikkita dengiz cho‘chqalarning chov sohasiga yuboriladi. 6—10 - kunlari shu joyda

qattiq tugun paydo bo'ladi, uning yuzasida tuzalmas yara hosil bo‘lib, undan doim yiring oqib turadi. Kasal hayvon murdalari yorib ko‘rilganda. a'zolarida ko‘p miqdorda sil tugunlari borligi kuzatiladi.
4.Serologik usul: Sil bilan og‘rigan bemorlar qoni zardobidagi maxsus antitelalarni aniqlash uchun gemaglyutinatsiya (GA) reaksiyasi va komplementni bog4lash reaksiyalari, bilvosita gemaglyutinatsiya (BGAR) reaksiyasi usullaridan foydalaniladi

  1. Teri allergik sinama: Pirke (teri ustiga tuberkulin surtiladi) va Mantu sinamasi (tuberkulin teri ichiga yuboriladi) usullaridan foydalaniladi.


211




BSJ bilan emlashning samaradorligini, emlash kerak bo'lgan shaxslarni ajratishga ko‘maklashadi.
Sil kasalligining profilaktikasida: BSJ vaksina quruq, steril fiziologik eritma bilan suyultirilib. bilakning tashqi yuzasi terisi ichiga yuboriladi. Qayta emlash 7 va 15—16 yoshlarda olib boriladi. BSJ - M zaii va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga qilinadi.
Xansenioz kasalligi laboratoriya tashxisi.
Moxovning mikrobiologik diagnostikasi asosan bakterioskopik va gistologikkesmaIarbo‘yabko‘rishga asoslangan. M.leprae oziqli muhitlarda o‘smaydi, lekin oxirgi yillarda ba’zi bir ma'lumotlarda moxovning bakteriologik usulda ajratib olinganligi e’lon qilinmoqda.
Xansenioz (moxov) ning mikroskopik diagnostikasi. Ko‘pchilik mutaxassislaming fikricha, mikroskopik usulda moxov mikobakteriyalari topilmasa, davolovchi shifokor kasallikning klinik manzarasiga qarab tashxis qo‘yishi mumkin Ammo laboratoriya tekshiruvida moxov mikobakteriyasining topilishi tashxis aniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Moxovning lepromatoz xilida boshqa xillariga nisbatan mikobakteriyalar ko‘proq topiladi. Yuqori nafas yo‘llari, masalan, burun shilliq qavatidan olingan surtmalardan preparat tayyorlanadi. Buning uchun burun bo‘shlig‘i yaxshilab tozalanadi, buni bemorning o‘zi bajarsa ham bo‘ladi.
So‘ngra avvaldan tayyorlab qo‘yilgan doka tampon o‘ralgan tayoqchalar bilan burunning ichki devoridan surtmalar olinadi va bir nechta buyum oynasiga qalinligi bir xil qilib surtiladi. Burundan odatdagi ajrab turgan shilimshiqni olish yaramaydi. Ularda moxov mikobakteriyasi juda kam yoki umuman boMmasIigi mumkin. Surtmalami olishda juda ehtiyot bo‘lish va burun devorini shikastlab qo‘ymaslik kerak. Aks holda surtmaga qon aralashib, mikobakteriyalami topish mushkullashadi.
Moxov mikobakteriyalarini topishda zararlangan teri tuki piyozining suyuqligidan tayyorlangan surtmalami mikroskop ostida tekshirish yaxshi natija beradi. Terming zararlangan qismidan to‘qima suyuqligini olishdan avval shu joy spirt yoki efir bilan yaxshilab artib tozalanadi. Bunda birinchidan, aseptikaga rioya qilinsa, ikkinchidan, teridagi kislotalarga chidamli ba’zi saprofit mikobakteriyalardan tozalanadi.
Mo‘ljallangan teri sathini chap qo‘l barmoqlari bilan qisib turib, sterillangan o‘tkir jarrohlik pichog‘i (skalpel) bilan uzunligi 5 mm.


212




chuqurligi 2,5-3 mm qilib tilinadi. So'ngra ajralgan suyuqlikni skalpelda qirib olib, buyum oynasida bir necha surtmalar tayyorlanadi.
Qisib turgan barmoqlar qo'yib yuborilganda tilingan joydan, odatda, bir oz qon chiqib turadi, bu tilish to‘g‘ri bajarilganidan dalolat beradi. To‘qima suyuqligi qosh, peshona, quloq suprasi, bel va dumba sohasida joylashgan lepromalardan olinadi. Yaraga aylangan lepromalardan ham surtmalar tayyorlash mumkin. Surtmalar Sil-Nelson usulida bo'yaladi. Ammo moxov mikobakteriyalari sil mikobakteriyalariga nisbatan kislotalarga chidamsiz bo'lib, preparatni rangsizlantirishda ehtiyot bo‘lish kerak. Bo'yalgan surtmalarda moxov mikobakteriyalari qizil yoki pushti rangda bo'lib, to'da-to'da, ba’zan esa yakka-yakka holda joylashadi. Sil mikobakteriyalari burchak yoki rim harfi shaklida ko'rinsa, moxov mikobakteriyalari parallel tayoqchalar shaklida biroz uzunroq bo'lib ko'rinadi.
Surtmada moxov mikobakteriyalarini topish asosan tekshirilayotgan materialdagi moxov bakteriyalarining miqdoriga bog'liq. Ularni topish uchun tekshiriladigan 1 ml materialda kamida 10.000100.000 mikobakteriya bo'lishi kerak. Buning uchun bitta surtmada 60- 100 ta ko'rish maydonini ko'zdan kechirib chiqish kerak. 1—2 dona mikobakteriyalarni topish tashxisni tasdiqlay olmaydi. Ko'rish maydonidagi mikobakteriyalar sonini sxema buyicha quyidagicha belgilanida: 0—mikobakteriyaiar vo'q, shubhali, ko'rish maydonida 1—2 ta bor. “++” ko'rish maydonida anchagina, “+ + +” ko'rish mirydonida juda ko'p.
Tekshirishni bir necha marta takrorlagan ma’qul. Ishlatilgan asboblar va buyum oynalari avval alangada, so'ng avtoklavda sterillanadi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling