Mikrobiologiya va


Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik omillar


Download 1.89 Mb.
bet50/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi fizik omillar. Mikroorganizmlar­ga ta’sir etadigan fizikaviy omillarga quritish. harorat, yorugMik, atomos- fera bosimi va harakatlar kiradi.
Harorat ta’siri. Mikroorganizmlami yashash uchun ma'lum harorat talab qiladi. Hamma mikroorganizmlarning haroratga bo'lgan talabi bir xil emas. Harorat mikroorganizmlarga uch xil ta sir etadi: mikrob uchun ba’zan qulay, ba’zan ortiqcha, ba’zan esa etarsiz darajada bo'lishi mum­kin. Demak, bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mikroorga- nizmlaming har bir turi uchun quyidagi uchta nuqtasi: optimal, minimal va maksimal harorat bor. Optimal harorat shunday haroratki, bunda mikro­blarning muayyan turi eng aktiv hayot kechiridai, ya’ni juda tez ko'pay- ib, yaxshi rivojlanadi. Ko‘pchilik patogen mikroorganizmlar uchun 36-37 daraja issiq optimal harorat hisoblanadi. Mikroorganizmlarning rivojlan- ishi to‘xtaydigan past haroratni minimal harorat deyiladi. Minimal haro- ratda mikroorganizm o‘lmasa ham lekin ko‘payishdan to‘xtaydi, keyin- chalik mikroorganizm normal haroratli sharoitga tushsa qaytadan ko'paya boshlaydi. Ba’zan harorat mikrob uchun balandlik qilishi mumkin. Bun­day haroratda mikroorganizmlar normal ko’paya olmaydi, ko‘payishidan to‘xtasa ham lekin o‘lmasdan tirik saqlanadi. Bunday ta’sir etuvchi haro­ratga maksimal harorat deyiladi. Maksimal haroratda mikroorganizmlarn­ing ba’zi xususiyatlari, chunonchi patogenlik xususiyati pasayib, o'zgarib qolishi mumkin. Masalan, kuydirgi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi B.anthracis uchun 42,5°C issiq maksimal harorat bo‘lib, shu harorat ta’sirida uning patogenligi pasayishi aniqlangan.
Haroratning mikroorganizmlarga har xil ta’sir etishini bilish juda zarur hisoblanadi. Chunki laboratoriyada biror mikrobni o‘stirib ko'paytir- ishdau mikrob uchun optimal harorat hosil qilishimiz kerak bo’ladi. Mikro-


94




organizmlami o'stirishda zarur bo'ladigan harorat yaratish uchun termo- stat apparatidan foydpalaniladi. Tennostat kichik shkafga bo‘linib, uning ustki qismiga termometr o‘rnatiladi va issiqlikni avtomatik ravishda yo'lga solib turuvchi termoregulyatori bo'ladi. Ko‘pchilik patogen mikroblami o‘stirish uchun termostatda 37°C issiqlik hosil qilinadi. Past yoki yuqori darajali issiqlikda o'sib ko'payuvchi mikroorganizmlar uchun esa bu haro- ratni termoregulyator yordamida hosil qilinadi. Mikroorganizmlar taraqqi- yot natijasida turli haroratda yashashga moslashib qolganlar. Haroratga moslanish jihatdan tekshirilganda mikroorganizmlami uch fiziologik guruhga bo‘lish mumkin: 1) Psixrofillar, ya’ni past darajali Haroratga o‘rgangan mikroorganizmlar hisoblanib, ular uchun optimal harorat—15— 20°C ni tashkil etadi. Ular 0—6°C lik haroratda ham yashashi mumkin. Psixrofillarga misol qilib fotobakteriya yorug‘lik beruvchi bakteriyalar, muz dengizida yashovchi mikroorganizmlar kiradi. Ular zax uylaming tagidagi tuproq va tashlandiq iflos suvlarda ham uchraydi. Ba’zi bir xillari muzxonada saqlangan oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘payib. ulami buzishi mumkin. 2)Mezofillar, ya’ni o‘rta darajali haroratga o'rgangan mikroor­ganizmlar boiib, ular uchun optimal harorat 30-37°C, maksimal harorat esa 45°C ni tashkil qiladi. Mezofillarga saprofitlaming ko‘pchiligi chirish jarayonni yuzaga chiqaruvchi bakteriyalar va ko‘pchilik patogen mikroor­ganizmlar kiradi. 3)Termofillar, ya’ni baland darajali haroratga o‘rgangan mikroorganizmlar bo‘lib, bular ham tabiatda ko‘p uchraydigan mikroorga- nizmlardir. Termofillar issiq suv chiqadigan buloqlar, o‘simliklar, tupro- qning ustki qatlamlari, suv va boshqa joy larda uchraydi. Termofillar uchun 35°C issiqlik pastlik qilib, bu ularga minimal harorat hisoblanadi. Ular uchun optimal harorat 50-60°C bo‘lib, +70—80°C esa maksimal harorat hisoblanadi.

Termofillarga Streptococcus thermophilus, ba’zi aktinomitsetlarning turlari misol bo‘la oladi. Termofillar orasida shunday bakteriyalar borki, ularda issiqlik hosil qilish xususiyati g‘oyat kuchli bo‘lib, ulami termogen bakteriyalar deyiladi. Termogen bakteriyalar pichan, paxol, tamaki, paxta, donlarni nam holda saqlaganda ulami qizdirib, haroratni 110°C gacha yetkazishi mumkin. Termogenlar ta’sirida qizib ketgan o‘simlik va boshqa organik moddalaming parchalanishi natijasida yonuvchi metan gazlardan metan gazi hosil bo‘ladi, buning natijasida qizib ketgan o‘simlik ba’zan o‘z o‘zidan yonib ketadi. Mikroorganizmlarda past va baland harorat turli-


95




cha ta’sir etishi aniqlangan. Past harorat umuman mikroorganizmlarga zararli ta’sir etmaydi.

Ko‘p tekshirishlaming natijasi shuni ko'rsatdiki, past Harorat mikro- organizmrga ta’sir qildirilgandan keyin ham yashab qoiishi mumkin ekan. Masalan: vabo vibrioni 32°C ta'sirida yashash qobiliyatini yo'qotmaydi. Gripp virusi —70°C da 6 oygacha, Koksaki virusi 40°C da 1 yilgacha va undan ortiq davrgacha o'z patogenligini yo'qotmaydi. Mikrobga past harorat doimiy ta’sir etish bezarar bo'lgan xolda past haroratdan keyin yana qaytadan issiq bilan ta’sir qilish bir necha bor takrorlansa mikrobga zararli ta’sir etishi isbotlangan. Masalan. qorin tifini qo*zg*atuvchi mikrob kulturasini muzlatib bir necha oy saqlansa u tirik qoiishi mumkin. Lekin bu kulturani avval muzlatib keyin eritib shu tartibda bir necha marotaba takrorlansa bu kultura 7-8 takrorlanishida o*lishi mumkin.
Past harorat mikrobni o‘Idira olmasa ham uning ko'payishiga to*sqin- lik qilib, biokimyoviy faoliyatini to'xtatadi.Past haroratni mikrobga shu xilda ta’sir etishidan foydalanib tez buziluvchi turli ovqat mahsulotlari- ni muzda saqlash, ularni uzoq joylarga muzxonalik vagonlarda yetkazib berishda foydalaniladi. Baland harorat, ya’ni haroratning ko‘tarilishi pa­togen mikroorganizmlarga halokatli ta'sir etadi. 40—42°C harorat uzoq vaqtta’sir etganda ba’zi mikroorganizmlar masalan, zaxm qo'zg'atuvchisi oqish spiroxeta nobud bo'ladi. Spora hosil qilmaydigan ko'pchilik mikro- organimzlar 70°C li haroratda 5-10 daqiqa dan so‘ng 100°C li haroratda esa darhol o‘ladi. Mikroblaming sporalari baland haroratga chidamlidir. Lekin turli mikrob sporalarining baland haroratga chidamliligi bir xilda emas, masalan kuydirgi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi Bacullus. antracis ning. sporasini 15 daqiqa gacha qaynatilganda o‘ldirish mumkin. Bakteriya sporalari 10—15 daqiqa ba’zilari hatto bir necha soat qaynatishga ham chidamli bo'ladi. Masalan, qoqshol kasalligi qo'zg'atuvchisi Sl.tetani va botulizm kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Sl.botulmum ning sporasi 3 soatgacha qaynatilganda o‘lishi mumkin.
Mikroorganizmlarga quritish ning ta’siri
Mikroorganizmlarga ta’sir etadiganfizikaviy omillar haqida so* zlaganda quritishning ta’sirini ham aytish kerak. Mikrob normal yashashi uchun unga ma’lum miqdorda namlik zarur. Mikroorganizm suvsiz qoq quruq sharoitga tushib qolsa, uning tanasidagi suv kamayadi va protoplazmasi qaqraydi hamda natijada mikrob hujayrasida hayotiy protsesslar sustlashadi


96




so‘ngra esa yashash faoliyati to'xtaydi. Quruqlikning mikroblarga zararli ta'sir etishiga asoslanib. turli ovqat mahsulotlarini va hashaklarni uzoq saqlash uchun ularni quritish odat bo‘lgan. Quritilgan olma. o‘rik, uzum, nok va boshqa mahsulotlarda mikroorganizm o'sib ko‘paya olmaydi, chunki quritilgan mahsulotlarda mikrob o'ziga kerakli suv topa olmasdan aksincha o‘z hujayrasidagi suvni yo'qotib. natijada oiadi va quritilgan mahsulot buzilmasdan uzoq saqlanadi.

Ovqat mahsulotlarini va boshqa narsalarni quritib saqlash qadim zamonlardan beri ma'lum bo'Isa ham u vaqtlarda bu usullar fan orqali asoslanmagan edi. Hozirda esa bu usullar fan asosida qo‘llaniImoqda. Ko‘pchilik mikroorganilmar quritish ta’siriga chidamli bo'lib, ma'lum vaqtlargachao* Imasdan saqlanishi mumkin. Masalan, Vabo vibrioni quritish ta'sirida 2 kungacha, shigellalar 7 kungacha, o‘lat tayoqchasi 8, difteriya 30, qorin tifi 70, stafilokokklar va sil mikobakteriyalarni 90 kungacha tirik saqlanishi mumkin. Sil tayoqqchasi mikroorganizmi qurigan balg'amda 10 oygacha, kuydirgi kasalligi batsillasi sporalari lOyilgacha, zamburug4larni ba’zilari 20 yilgacha saqlanishi mumkin.
Agar mikrob kulturasini vakuumda sovuq sharoitda tezlik bilan quritilsa va buni havosiz joyda saqlansa u uzoq vaqt tirik turadi. Masalan. odatda quritilishga juda chidamsiz bo'lib 1-2 kunda o'lib qoladigan mikroblardan gonokokk kulturasini ana shu usulda quritilib saqlansa. ular bir necha oy tirik turishi mumkin. Mikrobiologiya sohasida keyingi yillarda mikrob kulturasini saqlash uchun shu usuldan foydalanilmoqda. Quritish ta'sirida bakteriya oqsillari denaturatsiyasi va sitoplazmasining suvsizlanishi kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda sublimatsiya usulidan foydalaniladi. Bunda oziq-ovqatlarni saqlanishi 2 у il va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Sublimatsion quritishda qandlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa komponentlaming saqlanib qoiishi ta’minlanadi. Vakkumda past haroratda quritish ta’sirida ayrim mikroorganizmlar o'lmasdan qoiishi mumkin. Bu usul esa sil kasalligiga qarshi qoMlaniladigan tirik vaksina, toun, tulyaremiya, brutsellyoz, gripp va boshqa kasalliklarga qarshi uzoq muddatli va stabil vaksinalar ishlab chiqarish kulturalarini saqlashda qo‘llaniladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling