Mikrobiologiya va


Bakteriyalarni murakkab bo‘yash usullari


Download 1.89 Mb.
bet10/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Bakteriyalarni murakkab bo‘yash usullari
Oddiy bo‘yash usullaridan farq qilib murakkab usulda preparatlami bo'yashda bir nechta bo'yoqlar ketma-ket qo-Uaniladi. Ular kimyoviy tarkibi, rangi3 ishlov_beruvchi va differensiyalavchi moddalari bilan bir- biridan farqlanadi. Bu esa, hujayraning ma’lum tuzilishini aniqlash va mikroorganizmlarning bir turini ikkinchi turidan differensiyalash imkonini beradi.
Gram usuli bilan bo‘yash

  1. Fiksatsiyalangan surtmaga gensian binafshaning karbol-spirtli eritmasi filtr qog‘oz ustidan tomiziladi. 1-2 daqiqa bo‘yaladi, so‘ng qog'oz olinadi, yuvib tashlanmaydi, bo‘yoq esa to'kiladi.

  2. Yuvib tashlanmasdan lyugol eritmasi quyilib. 1—2 daqiqa davomida ushlab turiladi.

  3. 20-30 soniya davomida etil spirti tomizilib, surtma rangsizlantiriladi.

  4. Preparat suv bilan yuviladi.

  5. Surtma, fuksinning suvli eritmasi bilan 1—2 daqiqa davomida qo^shimcha ravishda bo‘yaladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi.

Grammusbat bakteriyalar to‘q bi
nafsha, grammanfiylar esa qizil rangga bo‘yaladi. Gram usuli bilan bo‘yash muhim differensial-diagnostik ahamiyatga ega va mikrobiologiyada keng qo‘llaniladi Grammusbat bakteriyalarga stafilokokk, streptokokk, difteriva korinobakteriyasi, sil mikobakteriyasi va boshqalar kiradi. J'Grammanfiy bakteriyalarga - gonokokk, meningokokk, ichak tayoqchasi va boshqalami kiritish mumkin. Bakteriyalarning ayrim turlari Gram usuli bilan yaxshi bo‘yalmay o‘zgarib turadi. Bu esa ularning yoshi, o‘stirish xususiyati va hujayra devorining tuzilishini o‘zgartiruvchi omillariga bog‘liq. Gram usuli bilan bo'yashda yo‘l qo'yiladigan asosiy kamchilikv.surtmadagi Ьоуодш spirt bilan ko^proq ushlash voki kam ushlab bo‘yoqni yaxshi ketkazmaslikdir.


31




Birinchi holatda grammusbat bakteriyalar gensian binafsha bilan bo'yalgan rangini yo‘qotadi, so'ng (grammanfiy bakteriyalarga o'xshash) surtma, fuksin bilan bo‘yalishi natijasida qizil rangni qabul qiladi.
Ikkinchi holatda esa grammanfiy bakteriyalar gensian binafsha bilan bo'yalib, ko'k binafsha rangni saqlab qoladi. To'g'ri bo'yash uchun surtmani spirt bilan yuvishga qat’iy rioya qilish kerak.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling